Rasman: Arda Gyuler – "Real" azosi!
06 iyu 2023 18:32
Yangiliklar


Rasman: Arda Gyuler – "Real" azosi!
Qayd etilishicha, 18 yoshli futbolchi besh yillik shartnomaga imzo chekkan. Gyuler yaqin orada Madridga qo'shiladi.
Oldinroq jurnalist Fabricio Romano Twitter'da "Real" turkiyalik uchun 20 mln evro to'lashi haqida malum qilgandi. Bundan tashqari, "Fenerbaxche" yarim himoyachini boshqa klubga sotgani uchun yana 20 foiz olishi kerak. Bundan tashqari, bitimga boshqa bonuslar ham kiritiladi.
Arda Gyuler – "Genchlerbirligi" bitiruvchisi. U 2014 yildan 2019 yilgacha ushbu turk klubi akademiyasida bo'lgan, keyin esa "Fenerbaxche"ga o'tgan va asosiy jamoa uchun 51 ta o'yinda 9 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Turkiya terma jamoasi safida ham to'rtta o'yinda ishtirok etgan. Yarim himoyachining "Fenerbaxche" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt futbolchini 15 million evroga baholamoqda.
Avvalroq Mesut O'zil Arda Gyulerni maqtagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar