

Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lumot berdi.
"Chelsi" tez orada futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oladi va rasman shartnoma imzolaydi.
Alvaro Morataning transferi uchun "Chelsi" "Real"ga 80 million evro to'ladi.
Alvaro Morata esa ispaniyalik eng qimmat futbolchiga aylandi. Bunga qadar rekord Fernando Torresga tegishli edi. 2011 yili "Chelsi" Torresni "Liverpul"dan 58 million evroga sotib olgandi.
Bu safar ham eng qimmat ispaniyalik futbolchini "Chelsi" harid qildi.



