Rasman: Alli APLning boshqa jamoasiga o'tdi
01 fev 2022 07:40
Yangiliklar


Rasman: Alli APLning boshqa jamoasiga o'tdi
“Tottenxem” hujumkor yarim himoyachisi Dele Alli “Everton” azosiga aylandi.
Mersisaydliklar 25 yoshli futbolchi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Klub uni tekinga qo'lga kiritdi, ammo Alli “Everton” safida 20 ta o'yin o'tkazadigan bo'lsa, u holda rahbariyat “shporlar”ga 12 mln evro o'tkazib beradi. SHuningdek, har xil bonuslar bilan birga ushbu summa 35-45 mln atrofiga etishi aytilmoqda.
Ingliz futbolchisi 2015 yildan beri londonliklar sharafini himoya qilib kelayotgandi. U joriy mavsum jamoa libosida 18 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
00:40
Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" durang o'ynadi, "Tottenxem" yutqazdi va boshqa natijalar 13
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 34

Fikrlar