Rasman: AGMK - "Lokomotiv" uchrashuvi qoldirildi
22 mar 2018 14:44
Yangiliklar
Rasman: AGMK - "Lokomotiv" uchrashuvi qoldirildi
Bu haqda "temiryo'lchilar" matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni paytda FIFA kunlari boshlangani sababli ko'plab futbolchilar o'z milliy terma jamoalari ixtiyorida bo'lib turishibdi.
"O'zbekiston MTJ ham 23 mart kuni Senegalga qarshi, 27 mart kuni esa Marokashga qarshi bahs olib boradi. Temur Kapadze mazkur o'yinlarga "Lokomotiv" jamoasidan 7 nafar futbolchini jalb etgan. Taqvim bo'yicha, 29 mart kuni "Lokomotiv" Olmaliqda AGMK mehmoni bo'lishi lozim edi.
Biroq 27 mart kuni terma jamoa safida o'yin o'tkazadigan futbolchilarning AGMK bilan o'yinga to'liq kuchda etib kela olmasliklarini inobatga olgan holda AGMK - "Lokomotiv" bellashuvi keyinroq muddatga ko'chirildi", - deyiladi "Lokomotiv" matbuot xizmati bergan xabarda.
"Lokomotiv" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar