So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  0 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  4 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Rashid G'ofurov: “Mavsum boshida Pro ligaga chiqish vazifasi qo'yilmagandi” Yangiliklar

Rashid G'ofurov: “Mavsum boshida Pro ligaga chiqish vazifasi qo'yilmagandi”

Birinchi liganing navbatdagi mavsumi yakunlandi. Unga ko'ra, “Navbaohor-FARM” jamoasi mavsumni peshqadam sifatida yakunlab, Pro liga yo'llanmasiga ega bo'ldi.

Mazkur muvaffaqiyatdan keyin jamoa ustozi Rashid G'ofurov bilan bog'lanib, uning fikrlariga quloq tutdik.

- Rashid aka, yakunlangan mavsum yakunlari bo'yicha fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
- Albatta o'ziga yarasha qiyinchiliklari bo'ldi. Oson bo'lmagan to'siqlarga duch keldik. Bilasizmi, biz mavsum boshida Pro ligaga yo'llanma olishni maqsad qilmagandik. Natijalarimiz yaxshilanib, ketma-ket g'alaba qozonib, chempionlikni qo'lga kiritdik. Takrorlayman, bizga Pro ligaga chiqishni rejalashtirmagandik. Futbolchilarimiz o'yindan-o'yinga o'z darajasida o'ynab, kerakli ochkolarni qo'lga kiritib, erishdik.

- Jamoangizning sharoitlari Pro liga saviyasiga talabiga mos tushadimi?
- Darhaqiqat, Birinchi ligadagi saviya bilan Pro ligani solishtirib bo'lmaydi. Pro liganing o'ziga yarasha talablari bor. Aytish kerakki, u erda chempionat saviyasi yuqori. Qolaversa, jamoamiz mazkur liga jamoalari bilan nazorat uchrashuvlarida o'tkazdik. Talablari qandayligini bilamiz. Lekin hozir klub rahbariyati bilan yangi mavsum xususida gaplashganimiz yo'q. Tez orada rahbariyat bilan uchrashib, jamoaning Pro ligadagi kelajagi borasida batafsil gaplashamiz olamiz. Biz Birinchi ligada osonlikcha g'alaba qozonganimiz yo'q. Pro ligada shunchaki qatnashmoqchi emasmiz.

- Aytingchi, birinchi liga saviyasida biroz o'zgarish bormi?
- Birinchi liganing joriy mavsumi ham yaxshi o'tdi. CHempion nomi so'nggi turga kelib aniqlandi. SHuni ishontirib aytamanki, birinchi ligada yildan-yilga o'smoqda. Qolaversa, yosh futbolchilarimiz etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Birinchi ligada uchinchi yil ishlagan bo'lsam, viloyatimizda yosh futbolchilar ko'p. Lekin ular jamoasiz qolib ketmasligi uchun ham “Navbahor-FARM”ni musobaqaga qo'yganmiz. Maqsadimiz imkon qadar yaxshi futbolchilarni asosiy tarkibga etkazib berish hisoblanadi. Lekin hozirda jamoamizda futbolchilar etarli. Lekin boshqa klublar tomonidan qiziqish bor. Lekin ularni qo'yib yuborsak, yana qaytadan futbolchilarni izlashimizga to'g'ri keladi. Pro ligada ham tarkibni to'liq mahalliy futbolchilardan tuzmaymiz. Aytaylik, 80 foizini mahalliy qilsak, qolganiga yaxshiroq futbolchilarni taklif etamiz.

- “Navbahor-FARM”dagi faoliyatingiz sizning murabbiy sifatida o'sishingizga qanchalik xizmat qilmoqda?
- G'alaba qozonaversangiz, murabbiyning ishonchi ortadi. Natijalarni yanada yaxshilash intilarkan. Rahbariyat menga Pro ligada tushib ketmaslik vazifasini qo'ys ham, imkon qadar mavsumni 3-o'rinda yoki 5-o'rinda tugatishga intilaman. Qancha ko'p maqsad qo'ysangiz, natijalar ham shunga yarasha o'sib boradi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика