Rashford jarohat oldi

12 iyun 2018, 23:05
“Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasi hujumchisi Markus Rashford terma jamoasining Angliyadagi so'nggi mashg'uloti chog'ida jarohat olgan.

Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.  

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeytning aytishicha, 13 iyun kuni rashford tibbiy ko'rikdan o'tadi. Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining jarohati jiddiy emas.
Bugun Angliya terma jamoasi Rossiyaga yetib keldi. Guruh bosqichinig ilk uchrashuvini inglizlar 18 iyun kuni Tunis termasi bilan o'tkazadi. Ushbu guruhdan shuningdek, Panama va Belgiya termalari ham o'rin olishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports