Rangnik viza bilan bog'liq muammolar sabab MYUni dekabr o'rtalarida qabul qilib olishi mumkin
30 noy 2021 23:13
Yangiliklar
Rangnik viza bilan bog'liq muammolar sabab MYUni dekabr o'rtalarida qabul qilib olishi mumkin
Ralf Rangnik mavsum oxiriga qadar "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyiga aylandi.
ESPN nashrining xabar berishicha, germaniyalik murabbiy viza bilan bog'liq muammolarga duch kelmoqda. Murabbiy jamoani faqatniga dekabr oyining o'rtalarilada qabul qilib olishi mumkin.
Gap shundaki, Ralf Rangnik 2019 yildan beri murabbiylik qilmagan, shu sabab ham u "Buyuk Britaniya" hududida avtomatik tarzda viza ololmaydi. Murabbiy kerakli tashkilotlar bilan ushbu masalani muhokama qilishi kerak bo'ladi. Manbaning qayd etishicha, bu holatda viza berilishi ehtimoli juda yuqori, faqatgina bu jarayoning ijobiy hal bo'lishiga biroz vaqt talab etiladi. Murabbiy 11 dekabr kungi "Norvich"ga qarshi o'yinda ham "qizil iblislar"ni maydonga olib tusha olmaydi.
Fikrlar