Rangnik Maktomineyni kelajakda "Manchester Yunayted" sardori bo'lishga qodir deb hisoblaydi
11 jan 2022 15:43
Yangiliklar
Rangnik Maktomineyni kelajakda "Manchester Yunayted" sardori bo'lishga qodir deb hisoblaydi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik "Aston Villa" (1:0)ga qarshi Angliya Kubogi 1/32 final doirasidagi o'yinda jamoaga g'alabani taqdim etgan yarim himochi Skott Maktominey haqida gapirdi.
"Maktominey - tarbiyalanuvchi, MYU akademiyasidan chiqqan o'yinchi. Uning quvvati aqlbovar qilmas darajada. Hozirda u gollar urishni va etakchilik sifatini namoyish etishni boshladi. Agar Skott ikki yilan so'ng jamoa sardoriga aylansa, bunga hayron qolmayman", - deydi Rangnik.
Maktominey "Aston Villa"ga qarshi o'yindagi yagona golga mualliflik qildi.
25 yoshli shotlandiyalik 2021/22 yilgi mavsum "qizil iblislar" safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Fikrlar