Rangnik Kavanining qishda jamoadan ketishi haqidagi xabarlarga javob berdi
03 jan 2022 08:40
Yangiliklar


Rangnik Kavanining qishda jamoadan ketishi haqidagi xabarlarga javob berdi
Avvalroq, MYU forvardi Edinson Kavani faoliyatini “Barselona”, “Sevilya”, “Yuventus” yoki boshqa jamoada davom ettirishi aytilgandi.
Biroq, “ qizil iblislar” ustozi Ralf Rangnik 34 yoshli urugvaylikning qishda jamoada qolishini tasdiqladi.
“Oxirgi bir nech hafta davomida u bilan ko'p gaplashdim. Ilk kunimdanoq Edinsonga u biz uchun juda muhim futbolchiligini aytganman. Uning professionalligi va ishga bo'lgan munosabati shunchaki ajoyib. Unga mavsum oxirigacha qolishini juda xohlayotganimni aytdim.
U men uni qanchalik qadrlashim va qanchalik xurmat qilishimni biladi. SHu tufayli “Byornli”ga qarshi bahsda dastlabki daqiqalardanoq Krishtianu bilan juftlikda o'ynadi. Kavani uni qo'yib yubormasligimni aniq biladi”, deydi nemis mutaxassisi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar