So’nggi yangiliklar

12:11Суперлига. "Пахтакор" - "Динамо" баҳси санаси ҳам ўзгарди  0 11:45Кожо Жоэль: "Эътиборлироқ бўлишимиз керак эди"  3 11:23Суперлига. "Динамо" — "Бунёдкор" ўйини санаси ўзгарди  1 11:00ПСЖ ва "Челси" собиқ устози АҚШ терма жамоасини ЖЧга тайёрлайди  1 10:31Ёзда шартномаси тугайдиган Салоҳга иккита ТОП клуб қизиқиш билдирмоқда  2 09:56"Арсенал" академияси тарбияланувчиси 14 йилга қамалди  1 09:50Суперлига 18-тур баҳсларининг ҳакамлари маълум. "Навбаҳор" - "Насаф" учрашувини Аҳрол Рисқуллаев бошқариб боради  2 09:22Футзал. Ливия терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 08:50УзПФЛ. Ойнинг барча соврини ҳам «Насаф» аъзоларига насиб этди  4 08:36Жалолиддин Машарипов: "Энди ёш футболчи эмасмиз, айрим бир вазиятларда масъулиятни ўз бўйнимизга олиб, вазиятни ўзгартиришимиз керак"  15 08:17Футзал. Жаҳон чемпионлигига даъвогар қўшниларимиз Тошкентга етиб келди  3 07:47ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина ва Бразилияда мағлубият, Уругвай эса дуранг ўйнади  6 07:26Про лига. Бугун иккита учрашув бор  0 07:10ЖЧ-2026 саралаши. БАА - Эрон 0:1, Махаллийлаштирилган ўйинчиларнинг Эронга "тиши ўтмади"  0 02:07ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистонлик ҳакамлар ишлаган ўйинда Япония Баҳрайнга ҳеч қандай имконият қолдирмади  5

Ramos, van Deyk, Azar, Neymar va boshqalar. ECHL pley-offini o'tkazib yuboruvchi superjamoa Yangiliklar

Ramos, van Deyk, Azar, Neymar va boshqalar. ECHL pley-offini o'tkazib yuboruvchi superjamoa

Bugun tunda ECHL pley-off bosqichi start oladi, biz esa yorqin bellashuvlar, gollar va Evropaning eng kuchli futbolchilari ijrosidagi mazmunli o'yinlarni ko'rishni istaymiz.

Ammo jarohat sabab bir qator yulduzlar o'z jamoalariga yordam bera olmaydi. "Championat.asia" etiboringizga kamida 1/8 final bosqichi birinchi uchrashuvlariga tayyor bo'lib ulgurmaydiganlar ramziy jamoasini taqdim etadi. Qayd etish kerak, ushbu jamoa agar chindan birga o'ynaganida musobaqa g'olibligiga davogarlar qatorida bo'lardi.

 

Darvozabon
Roman Byurki ("Borussiya Dortmund"; SHveycariya)

Dortmundning "Borussiya" klubi asosiy posboni oxirgi marta 22 yanvar kuni maydonga tushgandi, o'shandan keyin shveycariyalik golkiperning elkasida jarohati borligi malum bo'ldi. O'tgan vaqt davomida "arilar" darvozasini boshqa bir shveycariyalik — Marvin Xitc himoya qilmoqda. Byurki esa Bundesliga doirasida shanba kuni "Xoffenxaym"ga qarshi o'tgan o'yinning qaydnomasiga ham kiritilmaganini inobatga olsak, katta ehtimol aynan Xitc pley-offni ham boshlab beradi. CHorshanba kuni "Borussiya" "Sevilya"ga qarshi maydonga tushadi. 


Himoyachilar
Dani Karvaxal ("Real Madrid"; Ispaniya)

Evropa CHempionlar Ligasi to'rt karra g'olibi uchun bu mavsum jarohatlar jihatidan o'ta omadsiz o'tmoqda. Dani bir necha bor jarohat sabab safdan chiqdi va umumiy hisobda 100 kundan ortiq vaqt, o'nlab o'yinlarni lazaretda o'tkazdi. Yakshanba kuni "Valensiya"ga qarshi bellashuvda Karvaxal bir yarim mavsumdan buyon ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi va navbatdagi jarohatini oldi — bu mavsumda to'rtinchisi. "Atalanta" bilan uchrashuvlarni tajribali himoyachi o'tkazib yuborsa ajab emas, Zidan esa o'ng qanot himoyasini yana Vaskesga topshiradi chog'i.


Serxio Ramos ("Real Madrid"; Ispaniya)

Kim biladi deysiz, balki bu Serxio Ramosning "Real Madrid" futbolkasidagi so'nggi mavsumidir. Uning kelajagi borasida hamon aniq bir narsa aytib bo'lmaydi, tomonlar shartnoma imzolashganicha yo'q. Hozircha jamoa sardori "lazaret"da va u erda kamida aprel oyi boshigacha bo'ladi: Ramos tizzasi bilan bog'liq muammo sabab jarrohlik amaliyoti o'tkazildi. SHunday qilib, Serxio "Real" safida ECHL doirasida agar jamoadoshlari vazifani uddalay olishsa, yarim finaldagina yordam bera oladi.


Virjil van Deyk ("Liverpul"; Niderlandiya)

Agar xohish bo'lsa, "Lazaret" futbol klubi himoya markazini faqatgina "Liverpul" vakillaridan tuzish mumkin. "Qizillar"da bir yo'la uch nafar markaziy himoyachi jarohatlangan: Virjil van Deyk, Jo Gomes va Joel Matip. Ular orasidan eng asosiysi, mashhurrog'ini olamiz: ikki yil avval van Deyk "Oltin to'p"ga nomzodlar orasida ham bor edi. Mavsum avvalida darvozabon bilan to'qnashuv natijasida jiddiy jarohat oldi va to'laqonli mashg'ulotlarga aprel oyidan avval qaytmasligi aniq.


Xuan Bernat (PSJ; Ispaniya)

Bernat — ushbu o'ziga xos jamoada CHempionlar Ligasini yutmagan yagona himoyachi. O'tgan mavsum Xuan bunga juda yaqin kelgandi: finalda o'zining sobiq jamoasi "Bavariya"ga qarshi to'p tepdi. Bernat bu mavsum ham PSJ himoyasi chap qanotidan joy olardi, biroq sentyabr oyi o'rtalarida jarohat olib yarim yilga safdan chiqdi. "Barselona"ga qarshi 1/8 final o'yinlarini o'tkazib yuborishi aniq.


Yarim himoyachilar  
Aksel Vitsel ("Borussiya Dortmund"; Belgiya)

"Liverpul", "Real", PSJ va Dortmundning "Borussiya"si  — ECHL pley-off ishtirokchilari ichida jarohatlardan ayniqsa jabr ko'rganlar qatoridan o'rin olishdi. Germaniyaliklar nafaqat asosiy darvozaboni balki muhim yarim himoyachisini Vitselni ham yo'qotdi. Aksel oyog'idan jiddiy jarohat olib, mavsum so'nggigacha safdan chiqdi. Aksel CHempionlar Ligasi pley-offini o'tkazib yuborishi aniq bo'lib ulgurgan, Evropa chempionatigacha sog'ayishi uchun esa mo'jiza zarur.


Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti"; Belgiya)

Boshqa bir belgiyalikning jarohati u qadar vaximali emas, ammo Xosep Gvardiola De Bryuynening qaytishini tezlashtirmasligini malum qildi. Murabbiy o'tgan yili malum muddat Kevin jarohat sabab davolangani va qaytishi bilanoq mushaklarini shikastlagani, buning oqibatida ko'plab uchrashuvlarni o'tkazib yuborganini eslab o'tdi. Gladbaxning "Borussiya"siga qarshi birinchi bellashuvda xavbekni ko'rmasak kerak, ammo javob o'yinigacha hammasi rejadagidek ketsa, Kevin safga qaytadi.


Anxel Di Mariya (PSJ; Argentina)

Evropa CHempionlar Ligasi 2013/14 mavsum finalining eng yaxshi futbolchisi va o'tgan mavsum Lissabondagi finalning eng faol o'yinchilaridan biri yaqinda "Marsel"ga qarshi bellashuvda jarohat oldi. 1/8 final "Barselona"ga qarshi birinchi bellashuvda Maurisio Pochettino hamyurti xizmatlaridan foydalana olmaydi va ushbu vaziyat uchun eng maqul qarorni qabul qilishga vada berdi. Oson bo'lmasligi aniq, sababi bu "Pari Sen-Jermen" uchun yagona yo'qotish emas.

Hujumchilar
Neymar (PSJ; Braziliya)

Di Mariya 7 fevral kuni jarohat oldi, Neymar esa oradan uch kun o'tib Kubok doirasida "Kan"ga qarshi uchrashuvda jarohatlandi. Braziliyalik maydonga martdan oldin qaytmaydi. Katta ehtimol bilan Neymar "Barselona" bilan bo'ladigan har ikki o'yinni o'tkazib yuboradi va do'sti Messiga qarshi maydonda harakat qila olmaydi.


Eden Azar ("Real Madrid"; Belgiya)

Azar "Real"ga o'tganidan keyin faoliyati u qadar qovushmayotgani hech kimga sir emas. Belgiyalik sportchi "Qirollik klubi" asosiy yulduziga aylanishi kerak edi, lekin buning o'rniga bir yarim yilda 10 marta jarohat oldi hamda 300 kundan ko'proq vaqtni "kasalxonada" o'tkazdi. Bu safar Azarni mushaklari bilan bog'liq muammo bezovta qilmoqda va futbolchi taxminan mart oyi o'rtalarida safga qaytishi taxmin qilinmoqda. "Atalanta"ga qarshi to'qnashuv Edensiz o'tadi.


Ansu Fati ("Barselona"; Ispaniya)



Fati kuni-kecha 20 yosh va undan kichik bo'lganlar orasida dunyoning eng kuchli futbolchisi deb topildi. Ammo biz Fatini noyabr oyidan buyon maydonda ko'rmadik va yana kamida bir oy ko'ra olmaymiz. Ansu chap tizzasidan jiddiy jarohat olgan, jarrohlik amaliyotini o'tkazdi va to'rt oyga futboldan chetda qoldi. ECHL chorak finalida jamoasiga yordam berishi mumkin, lekin buning uchun "Barselona" u siz PSJ to'sig'idan o'tishi talab qilinadi.


Nozima Zaripova tarjimasi 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика