Ramos rekord o'rnatdi
13 dek 2020 01:45
Yangiliklar


Ramos rekord o'rnatdi
Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramos "Atletiko"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi (La Liga, 13-tur).
34 yoshli himoyachi uchun mazkur bahs faoliyatidagi 43-"Madrid derbisi" hisoblanadi. Ramos bu borada "qaymoqranglilar" tarixidagi barcha o'yinchilardan o'zib ketdi.
Serxioga qadar bu rekord Manolo Sanchis va Fransisko Xentoga (42) tegishli edi. Jamoa forvardi Karim Benzema esa ayni paytda 35-derbisida o'ynayapti.
Jugadores del Real Madrid con más derbis oficiales disputados:
— MisterChip (Alexis) (@2010MisterChip) December 12, 2020
43 SERGIO RAMOS
42 Gento y Sanchis
36 Míchel y Santillana
35 BENZEMA, Chendo y Pirri
34 Casillas pic.twitter.com/fUVkbip6NF
Eslatib o'tamiz, "Championat.asia"da derbining matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar