Ramos o'z kiyimini 100 evroga sotib, ukrainaliklarga yordam bermoqchi
24 mar 2022 09:34
Yangiliklar


Ramos o'z kiyimini 100 evroga sotib, ukrainaliklarga yordam bermoqchi
PSJ futbolchisi Serxio Ramos ukrainaliklarga yordam berish niyatida.
U istovchilarga 100 evrolik xudini sotib olishni taklif qilgan. Kiyimning old tomonida kabutarlarning surati tushirilgan. Orqasida esa "Biz barchamiz ukrainalikmiz" yozuvi bor.
Sotuvdan tushgan pullarning barchasi aka-uka Klichkolarning fondiga o'tkaziladi. Ushbu fond ayni paytda mamlakatning ko'makka muhtoj aholisiga yordam berish bo'yicha faoliyat olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar