Ramos Messi haqida: "Undan hayratlanmay qo'yganman"
20 fev 2023 23:11
Yangiliklar


Ramos Messi haqida: "Undan hayratlanmay qo'yganman"
PSJ himoyachisi Serxio Ramos "Lill"ga qarshi o'yinda (4:3) g'alaba to'pini kiritgan Lionel Messi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Messidan hayratlanmay qo'yganman. "Barsa"da u bugun ro'y berganidek o'yinlar natijasini hal qilishga odatlangan edi. U hozir mening jamoamda ekanligidan xursandman", – dedi Ramos.
Eslatib o'tamiz, Serxio Ramos 2005 yildan 2021 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan va Ispaniya "El Klasiko"sida Lionel Messiga muntazam ravishda qarshilik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar