Ramos: "Men qoida buzganim yo'q, Ispaniya Angliyadan o'rganishi kerak"
08 jan 2015 15:43
Yangiliklar


Ramos: "Men qoida buzganim yo'q, Ispaniya Angliyadan o'rganishi kerak"
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Atletiko"ga qarshi Ispaniya Kubogi 1/8 finalining birinchi uchrashuvidagi (0:2) bosh hakam Klos Gomesning qaroridan norozi bo'ldi.
Bir vaziyatda Ramos Raul Garsiyani ushlab qoldi va hakam penalti belgiladi.
Premer-ligadan ko'p narsani o'rganishimiz kerak. Men qoida buzganim yo'q. Angliya chempionatini eslaganim sabab, muxlislar undan zavq olishadi. Ammo mag'lub bo'lganingda arbitr haqida gapirish oson. Javob o'yinida kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz" - deydi Ramos.

Fikrlar