Ramos: "Ko'ramiz, mavsum oxirida kim yaxshi natija ko'rsatar ekan"
16 jan 2015 10:41
Yangiliklar


Ramos: "Ko'ramiz, mavsum oxirida kim yaxshi natija ko'rsatar ekan"
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Kubogi 1/8 final javob uchrashuvi (2:2) haqida fikr bildirdi. Birinchi o'yinda g'alaba qozongan "Atletiko" ikki bahs natijasiga ko'ra keyingi bosqichga yo'l oldi.
"Jamoamiz va murabbiylarimiz birinchi bo'limdagi o'yinimizdan faxrlansa arziydi. Maydonda kuchimizni ayamadik. Birinchi bo'limda ko'prog'iga loyiq edik. Ammo bu futbol. "Atletiko"ning ham xizmatlarini tilga olish kerak. Ularni tabriklayman. Lekin ko'ramiz, mavsum oxirida kim yaxshi natija ko'rsatar ekan" - deydi Ramos.

Fikrlar