Ramos: "Jahon chempionligini o'ylamayapmiz"

Mirjalol Normatov
28 mar 2018, 17:11
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos Argentina (6:1) terma jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Argentina - kuchli jamoa, buni birinchi bo'limda ko'rdik. Biroq biz o'z oldimizga qo'ygan vazifani a'lo darajada bajara oldik. Ispaniya 1:4 hisobidagi mag'lubiyat revanshini olishi kerak edi.

Biz sovuqqonlikni saqlab qolishimiz kerak. Ayni damda hech kim jahon chempionligi haqida o'ylamayapti", - dedi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Cadena Cope