So’nggi yangiliklar

01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  0 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  1 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  6 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  9 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  27 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  9 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  0 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  19 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  15 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  41 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1

Ramon Kalderon: Hozir Realning ideal davri Yangiliklar

Ramon Kalderon: Hozir Realning ideal davri

Realning sobiq prezidenti Ramon Kalderon taniqli jurnalist Grem Xanterga in­tervyu berdi. quyida ana shu suhbatni o'qishingiz mumkin.


- Realni nima uchun sevib qolgansiz?


- Menimcha, har bir bolakay futbol bilan tanishayotganda chiroyli va muvaffaqiyatli o'ynaydigan jamoalarga muxlislik qiladi. Mening vaqtimda Real ham shunday jamoa bo'lgan.

Men tug'ilgan shahar jamoasi Ispaniyaning uchinchi divizionida o'ynardi. Real esa jahonga mashhur bo'lib ulgurgandi. Ispaniyadagi fuqarolar urushidan so'ng mamlakatda tartibsizliklar avjiga chiqqan, iqtisodiyot o'sishdan to'xtab qolgan, ijtimoiy muammolar etarli edi. SHunga qaramay, Real qatorasiga besh marta CHempionlar Kubogida zafar quchgan. O'shanda madridliklar iqtisodiyoti rivojlangan Angliya, Franciya, Germaniya va Italiya klublarini dog'da qoldirishardi. Bir so'z bilan aytganda, Realning shonli tarixi aynan shu tariqa boshlangandi.

Taniqli futbolchilar Ispaniyaga kela boshlashdi. Oldinlari bunday bo'lmasdi. Di Stefano, Xento, Pushkashlar La ligada o'ynashdi. Hozirgacha ko'pchilik Frankfurtning Ayntraxt klubiga qarshi kechgan o'yin(7:3)ni eslaydi. Mazkur bahsda Di Stefano va Pushkashlar to'p kiritishgandi.

Bu jamoa qandaydir kompaniya yoki oligarxga qarashli emas. 93 kishi klub xo'jayini hisoblanishadi. SHundan 70 foizi, jumladan, men ham madridlik emasmiz.

Ayrim futbolchilar Realga kelganlaridan so'ng jamoa yomon o'ynaganda Bernabeuning reakciyasiga tushuna olishmaydi. Esimda, Manchesterga borganmiz va 3:0 hisobida zafar quchganmiz. O'shanda braziliyalik Ronaldo barcha gollarga mualliflik qilgandi. Ushbu o'yinda manchesterlik muxlislar jamoalarini oxirigacha qo'llab turishgan. Bu holatni ko'rib hayron qolgandim. Agar shu vaziyat Bernabeuda bo'lganida, stadionimiz darhol bo'shab qolardi. Biz shunisi bilan farqlanamiz. Bu erda odamlar stadionga yaxshi o'ynab, g'alaba qozonadigan jamoani ko'rish uchun kelishadi. SHuning uchun hattoki, Zidan va Ronaldoga hushtakbozlik qilishgan vaqtlar bo'lgan. Bu yil Krishtianu Ronalduga nisbatan ham shunday holat kuzatildi. Vaholanki bu yigit bir mavsumda 60tagacha gol uradi.

Fanatlarga CHempionlar Ligasidagi ettinchi kubokni yutishimiz uchun 32 yil ketganini aytgim keladi. O'zingizga malum, klub Evropa maydonlarida shu muddat oralig'ini quruq o'tkazgan. Lekin afsona hech qaerga yo'qolmagandi. Muxlislar jamoa xuddi har yili nimadir yutgandek tasavvur uyg'otishgan.

Xayriyatki, so'nggi yillarda ishlar yurishib ketdi. Klubimizning asosiy maqsadi - butun jahonni hayron qoldirish. CHunki bizga yirik kompaniyalar pul ajratishmaydi. O'z vaqtida omadimiz ham keldi. Deyarli inqiroz yoqasiga borib qolgandik. Bu haqda ko'pchilik bilmasa kerak. Mazkur voqea 1999 yili ro'y bergan. SHundan so'ng mashg'ulotlar kompleksini sotishga majbur bo'ldik. qarzlarimizdan qutuldik va futbol tarixidagi yangi modelga asos soldik. Yana afsonaga aylanishni istagandik. SHu tariqa mashhur futbolchilarni sotib oldik va ular orqali pul ishlashni boshladik.Ayni payt daromadimizning uchdan bir qismi chiptalar sotuvidan tushadi. Yana bir qismini teletranslyaciyalardan, uchinchi qismini esa homiylik shartnomalaridan olamiz. Daromadning 47 foizi futbolchilarning maoshi uchun sarflanadi.

- Bu juda oz-ku.


- Juda. Evropaning ko'plab yirik klublari maoshlar uchun daromadning deyarli 70 foizini sarflashadi. Bizda esa atigi 47 foiz. Buning ichiga basketbol jamoa­si maoshi ham kiradi. Ular o'tgan yili Evropada basketbol bo'yicha CHempionlar Ligasida g'olib chiqishdi. Bir so'z bilan aytganda, hozir Real o'zining ideal davrini o'tkazmoqda.

- Santyago Bernabeudan yosh bo'lganlarning aksariyati uchun bu nom faqatgina stadionni anglatadi. SHu inson haqida gapirib bering.


- Bernabeu shu jamoada o'ynadi, murabbiylik qildi, direktor va prezident bo'ldi. Uzoqni ko'ra olardi. Boshqa bunday inson uchramadi. Fuqarolar urushidan so'ng iqtisodiyot deyarli cho'kib qolgandi. Lekin Santyago yaxshi futbolchilar kerakligini bilardi. Aynan u xorijlik futbolchilarni jalb qilishni boshlagan. Aynan u L~Equipe bilan birga CHempionlar Kubogiga asos solgan. SHuningdek, Realga kattaroq stadion kerakligini his qilgan. O'sha paytlari yangi arena qurish ancha qiyin edi. Odamlar nima uchun bu ishlarni qilayotganini tushunishmagan.

- Fuqarolar urushi davrida Real ko'p zarar ko'rganmi?


- Albatta.

- O'sha paytlarda Atletik (Bilbao), Barselona va Atletikolar kuchliroq bo'lishgan. Bernabeu kelgunga qadar ham madridliklar etakchilardan hisoblanishardi. Ammo uning davrida jamoa deyarli hech nima yutmagan.


- To'g'ri. La ligada chempionlikni nishonlashimiz uchun 17 yil kerak bo'lgan. Aynan o'shanda CHempionlar Kubogida qatorasiga besh marta zafar quchganmiz. Boshqa evropaliklar oldida Ispaniya qanday bo'lganini tasavvur qila olasizmi? Bizda hech kimga yoqmaydigan diktatura hukmron edi. SHunga qaramay, Evropa maydonlarida zafar quchardik. Bernabeu hech kim qila olmagan ishni uddaladi. U klubni xuddi o'z oilasidek boshqarardi. O'shanda Alfredo Di Stefano Realga o'tgan va jamoa­ning afsonasiga aylangan.

A.AHMEDOV tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика