So’nggi yangiliklar

01:46Сунъий интеллект "Олтин тўп" номзодларини ўзбек клублари либосларида тасвирлади  0 01:32Бундеслига. "Боруссия" Д ишончли ғалабага эришди  0 01:09Ўзбекистон термасининг Нидерландияга қарши ўйинолди машғулоти ГАЛЕРЕЯ  0 00:59Саудия Арабистони. "Ал Насср" 90+9-дақиқада мағлубиятдан қутулиб қолди  2 00:29Россия. Ашурматов антиқаҳрамонга айланган учрашувда "Рубин" ўз майдонида мағлуб бўлди  2 00:05Максим Шацких: "Ўйин 80 дақиқа давомида рақиб майдон ярмида кечди. "Ал-Васл" сафида бор-йўғи 2та маҳаллий футболчи бор"  6 23:47Жаҳон чемпионати олдидан ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси билан учрашди  0 23:28Тожикистон термасининг Тошкентдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бундеслиганинг 3-тури старт олмоқда! "Боруссия" Д ўз майдонида дебютантни қабул қилади  0 22:51Виталий Левченко: "1 очкога муносиб эдик"  6 22:22"Навбаҳор" иштирокидаги ўйин санаси ўзгарди  5 22:06Жамшид Саидов: “Мезбонлик мақомидаги ўйинларимиз ҳам сафар учрашуви каби ўтаяпти”  4 21:58Иван Бошкович: “Ҳозирдан "Насаф”ни чемпион дея олмаймиз"   11 21:45Суперлига. "Пахтакор" - "Нефтчи" 0:0  0 21:28Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"да "Пахтакор" ва "Нефтчи" ўзаро нурсиз дуранг ўйнади  82

Rayan Giggz: "Ronaldu boshqa sayyoradan" (intervyu+foto) Yangiliklar

Rayan Giggz: "Ronaldu boshqa sayyoradan" (intervyu+foto)

“Manchester Yunayted” safida 963 o'yinda maydonga tushib, 168 gol muallifiga aylangan Giggz “United We Stand” jurnaliga intervyu berdi.

Garri Nevill savoli: O'yin vaqtida yon daftarchangizga nimalarni yozasiz?
(kuladi) Turli hil eslatmalarni. O'yindagi vaziyatlarni, birinchi bo'limda bo'lib o'tgan vaziyatlarni yozib qo'yaman. Tanaffusda bor-yo'g'i 10 daqiqa bo'ladi. SHu sababli, men 6 ta muhim vaziyatni futbolchilarga etkazib o'taman. Bosh murabbiy bo'lganimda esa yordamchilarim Skoulz, Batti va Nevga har hil vaziyatlarni yozib borishni tayinlardim. Hozir bosh murabbiy emasman, ammo bazida Luiga ham gapirib turaman. Gariga aytib qo'ying, Angliya terma jamoasi o'yini vaqtida unga qo'lyozmalarimni berib turaman. 



Agar “Manchester Siti” klubi sizga qarashli bo'lgan “Jorj” restoranida chempionlikni nishonlash va buning evaziga 10 million funt to'lashni taklif qilsalar rozi bo'larmidingiz?
Bunga men rozi bo'lsam ham sherigim rozi bo'lmaydi. CHunki u MYUning sodiq muxlislaridan biri hisoblanadi. SHu sababli mening javobim – yo'q.

Faoliyatingizdagi eng muhim qarorlardan biri qaysi?
Balki, terma jamoadagi faoliyatimni yakunlaganimdir. Yuklamalar, mashg'ulotlar ko'payib ketdi va men klubdagi faoliyatimga etibor qaratish uchun bunday qarorga keldim.

Bir marta “Trafford Centr”da (“Old Trafford”dagi sektorlardan biri) Rikardoni uchratib qolganman. Siz u erda uchratgan eng mashhur shaxs kim?
Men TCga kam kiraman. U erda ikki marotaba Batti bilan birga tushlik qilganmiz. SHu sababli uni aytishim mumkin.


Kiyinish xonasidagi 20 yil oldingi va hozirgi muhit haqida...

“Yunayted”da doimo yuqori jamoaviy rux hukmronlik qilgan. Bu hozirgacha saqlanib qolgan. Barcha bir-biri bilan hazillashib kuladi. Patris Evra asosiy hazilkashlardan biri edi. Yana bir o'zgarish – kiyinish xonasining hajmi o'zgarganligidir.

1000 ta o'yinlik dovonni bosib o'tish haqida orzu qilganmisiz?

SHundoq ham bunday bo'lganku! Yoki siz faqat “Yunayted” safidagisini aytyapsizmi? Agar o'rtoqlik o'yinlarini ham qo'shib hisoblasak klub safida 1000 tadan ortiq o'yinda maydonga tushganman. Ammo men o'yinlarni sanab bormayman. Esimda, MYU muxlislaridan biri Ron Vud menga ser Bobbining rekordini takrorlashga yaqin ekanligim haqida aytib o'tgandi.

Faoliyatni yakunlash haqida qachon qaror qabul qildingiz?
Men ikki hafta klubni boshqarganman. Bu orada futbol o'ynashni sog'inib qoldim. Keyin mashg'ulotlarni boshlab yubordim. Ammo futbol o'ynashni istamay qoldim. 



Ushbu mavsumda ham maydonga qaytish istagi tug'ildimi?
Ha, ozgina. Ayniqsa “Bernli”ga qarshi o'yinda.

Sizning eng yaxshi va sevimli golingiz? (“Arsenal”ga Kubok o'yinidagi golni hisobga olmasak)
1992 yil safarda “KPR” darvozasiga kiritgan golim. Sevimli golim? “Uigan”ga. O'shanda 2008 yildagi chempionlikni rasmiylashtirgandik.

Kimga qarshi o'ynash qiyin – Xaver Zanettimi yoki Gari Kelli?
Zanetti.

Italiya yoki Ispaniyada to'p tepmaganingizga afsuslanmaysizmi?
Yo'q.

2003 yilda “Yunayted” muxlislari tomonidan tanqid ostida qolganingizdan so'ng jamoani tark etish istagi tug'ilmaganmi?
Yo'q. Bu futbolning bir qismi. To'g'ri, qiyin paytlar edi. “Arsenal”ga gol ura olmadim va yomon o'yin ko'rsatdim. Tanqidlardan qo'rqmayman. Umuman aytadigan bo'lsak, o'sha yili 15 yoki 16 ta gol urganman. Qizim tug'ilgan. SHu sababli o'sha mavsumni ajoyib deb ayta olaman.




Bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borish sizga yoqadimi?
Ha. Ko'p mehnat qilishga to'g'ri kelmoqda. Mavsumoldi tayyorgarliklar ham qiyin bo'ldi. Futbolchilik davrimda bunday emasdi. Futbolchi bo'lsang bo'sh vaqting ko'p bo'ladi. Murabbiy esa doimo rejalar tuzadi, o'yinchilarining harakatlarini baholaydi, boshqa murabbiylar bilan turli jarayonlarni muhokama qiladi. Menga yangi ishim yoqmoqda. Doimo nimadir o'rganmoqdaman.

Mashg'ulotlar vaqtida jamoaga qo'shilib turasizmi?
Agar kimdir jarohat olsa yoki futbolchilar etishmaganda. Bu mavsumda 3-4 marotaba shunday holat yuz berdi. 


Baribir futbol o'ynashga to'g'ri kelyaptimi?
Ha! Men ikkita o'yinda eng yaxshi futbolchi bo'ldim. Lekin, ertasiga betob bo'lib qoldim. 


Mashg'ulotlar vaqtida kim eng yaxshi futbolchini tanlaydi?
Men. Agar ular meni eng yaxshi deb topishmasa nima qilishim kerak? SHu sababli o'zimni-o'zim taqdirlashim kerak edi (kuladi).

Adnan Yanuzayni MYUda 11-raqamga loyiq deb hisoblaysizmi?
Jamoamizda doimo muxlislar yoqimtoyiga aylana oladigan yarim himoyachilar to'p tepishgan. Adnan mana shunday futbolchilardan biri. Menga u bilan birga o'ynash yoqardi. Endi esa uning harakatlarini kuzatishga ishqibozman. U yuqori saviyadagi, g'alabalarga chanqoq futbolchi.

Qachondir, qaysidir futbolchiga qarab shu haqida o'ylaganmisiz: “Ha, mening texnikam yaxshi, lekin uning harakatlarini tariflashga til ojiz”?
Oson savol. Ronaldu. U boshqa sayyoradan.

O'tgan mavsum uchun kimnidir ayblash mumkinmi?
Albatta. Barchani. Biz g'alaba qozonsak birgalikda nishonlaymiz. SHuningdek, jamoaviy muammolarda ham birgalikda qayg'uramiz.

Eng esda qolarli muhit hukmronlik qilgan o'yinni o'yinni aytib o'ting...
Ular juda ko'p. Ammo o'zim ishtirok etmagan o'yinimni aytadigan bo'lsam: 2007/08 yilgi ECHL yarim finalida “Barselona” ustidan qozonilgan g'alab. O'zim o'ynagan o'yinni aytsam... “Manchester Siti”ga qarshi 4:3 g'alabasi bilan yakunlangan o'yin. Mana shu ikkisi. “Barselona” va “Siti” ustidan qozonilgan g'alabalar.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика