Rayan Giggz: “Arsenal” haqli ravishda musobaqa jadvalini boshqarib turibdi”
26 noy 2013 11:04
Yangiliklar


Rayan Giggz: “Arsenal” haqli ravishda musobaqa jadvalini boshqarib turibdi”
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Rayan Giggz, “Arsenal” klubi premer-liganing musobaqa jadvalini haqli ravishda boshqarib turganligini takidladi.
“Biz chempionatni juda yomon boshladik. Ammo so'nggi 10 o'yinda yomon o'yin ko'rsatmadik deb o'ylayman, chunki ularning 8 yoki 9 tasida yaxshi o'yin ko'rsatib g'alaba qozondik. Yakshanba kungi ”Kardiff”ga qarshi o'yinda (2:2) biz g'alaba qozonishimiz shart edi.
Faqatgina “Arsenal” hozirgacha bir xil ajoyib o'yin ko'rsatib kelayapti va haqli ravishda musobaqa jadvalini boshqarib turibdi. Biz ham tezroq o'yindagi formamizni tiklab, keyingi o'yinlarda yaxshiroq futbol namoyish etishimiz kerak, - dedyi Giggz.

Fikrlar