Rafinya - "Barsa"ning bosh maqsadi. "Lids" vingerini Dembelega o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda
22 mar 2022 18:45
Yangiliklar


Rafinya - "Barsa"ning bosh maqsadi. "Lids" vingerini Dembelega o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda
"Barselona" transfer maqsadini aniqlab oldi.
Kataloniyaliklar "Lids" vingeri Rafinya Dias bilan shartnoma imzolashmoqchi.
"Ko'k-anorranglilar" braziliyalikka yozda jamoadan ketishi mumkin bo'lgan Dembelega o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.
Rafinyaning agenti "Barselona" sobiq o'yinchisi Dekudir. U "ko'k-anorranglilar"ga mavsum boshidayoq mijozi bilan shartnoma imzolashni taklif etgan edi.
"Barselona" xavbekning joriy mavsumdagi o'yinidan mamnun va uni asosiy maqsad sifatida belgilab oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar