Rafael van der Vart Kolumbiyaga qarshi o'yinda to'pig'ini sindirib oldi
20 noy 2013 15:58
Yangiliklar


Rafael van der Vart Kolumbiyaga qarshi o'yinda to'pig'ini sindirib oldi
"Gamburg" yarim himoyachisi Rafael van der Vart Kolumbiyaga qarshi o'yinda (0:0) og'ir jarohat oldi, deb xabar bermoqda "Bild".
O'yin tugashiga yaqin Abel Agilar Van der Vartga nisbatan qo'pol o'ynadi, shundan so'ng gollandiyalik futbolchi maydonni tark etdi. O'yindan keyingi tibbiy xulosalarga ko'ra Van der Vartning to'pig'i singani taxmin qilindi. Futbolchi 2013 yilda boshqa maydonga tushmasligi mumkin.
Bu mavsumda Van der Vart Germaniya bundesligasida 12ta o'yin o'tkazgan va 6ta gol urgan.
Bu mavsumda Van der Vart Germaniya bundesligasida 12ta o'yin o'tkazgan va 6ta gol urgan.

Fikrlar