Raevac – “Bunyodkor”ning 33-legioneri
12 fev 2018 13:36
Yangiliklar
Raevac – “Bunyodkor”ning 33-legioneri
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mavsumlar oralig'ida o'z tarkibiga serbiyalik hujumchi Filip Raevacni qo'shib oldi.
SHu tariqa, Raevac “qaldirg'ochlar”ning 33-legioneriga aylandi. Bungacha jamoa tarkibida dunyoning beshta qitasi va 17 xil mamlakatdan bo'lgan jami 32 nafar futbolchi to'p tepgandi.

“Bunyodkor” safida eng ko'p maydonga tushgan legioner futbolchi – yaponiyalik Minori Sato. U “qaldirg'ochlar” safida Osiyo CHempionlar ligasi, O'zbekiston chempionati va kubogi bahslarini qo'shib hisoblaganda jami 87 bor rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushgan.
Eng ko'p gol urgan futbolchi esa – braziyalik Rivaldo. U “Bunyodkor” safida 80ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozalarini 43 bor aniq ishg'ol qilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar