So’nggi yangiliklar

01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  4 01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  4 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  5 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  16 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  8 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  2 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  48 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  191 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  2

Quvondiq Ro'ziev: “Qo'qonlik muxlislar men uchun oltinga teng” Yangiliklar

Quvondiq Ro'ziev: “Qo'qonlik muxlislar men uchun oltinga teng”

Xuquqiy jixatdan Toshkentning “Lokomotiv” klubiga tegishli bo'lgan Quvondiq Ro'ziev “Qo'qon-1912” jamoasida ijara asosida to'p tepayotganidan barchaning xabari bor.

Quvondiq Ro'zievning “Qo'qon-1912” bilan tuzgan amaldagi ijara shartnomasi o'z nihoyasiga etdi. Biz futbolchi bilan bog'lanib mavsum to'g'risida suhbatlashdik.


- Bu yilgi mavsum siz uchun qanday o'tdi?

- Men uchun ikkinchi davra qoniqarli darajada o'tdi. Har qalay ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ldim va 2 yillik tanafffusdan so'ng, o'z uyimda, Qo'qon muxlislari qarshisida to'p tepdim.

- “Lokomotiv” bu yil ham oltin dublni qayd etdi. Ushbu jamoadan ketganingizdan afsuslanmadingizmi?

- Yo'q, umuman afsuslanganim yo'q. Qo'qon muxlislari Qo'qon futboli men uchun oltinga teng. “Lokomotiv” uchun chin dildan xursandman. 

- Tajribali futbolchi sobiq O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi va “Lokomotiv”ning sobiq sardori Timur Kapadze futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bir paytlar ushbu futbolchi bilan elkama-elka turib raqib jamoaga qarshi bahs olib borgansiz. Timur Kapadzedan nimalarni o'rgandingiz?

- Timur aka birinchi navbatda ajoyib inson va haqiqiy jonkuyar sardor edi. Timur akadan ko'p narsalarni o'rgandim. Maydonda o'zini qanday tuta bilish, o'z ishiga yurakdan yondashish va jonkuyarlikni o'rgandim. Kelajakda Kapadzedek inson bilan to'p tepganman deb farzandlarimga faxrlanib aytib beraman. Timur akani murabbiylik faoliyatida omad va zafarlar tilab qolaman. 

- Bu yilgi chempionat siz uchun nimasi bilan esda qolarli bo'ldi?

 - Bu yilgi chempionatda raqobat oshdi. Uchinchi pog'onadan pastgi pog'onalardagi jamoalar orasida juda ham keskin kurashlar tus oldi. 1ta g'alaba sizni 4 pog'onaga ko'tarsa, 1ta mag'lubiyat pastgi pog'onalarga sho'ng'ishiga sabab bo'ldi. Barcha jamoalar bu yil yuqori o'rinlar uchun kurash olib bordi.


- Bilamizki siz Surxandaryoliksiz, bundan avval intervyu berganizda Surxondaryoga futbol qaytsa juda ham xursand bo'lardim, buning uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilishga tayyorman degandingiz. Bu yil birinchi ligada "Surxon" jamoasi o'zining yorqin o'yinlari bilan qisman bo'lsada Surxondaryoga futbol havosini olib kira oldi. Bu sizga qandaydir quvonch bag'ishladimi?

- Albatta, “Surxon” jamoasini har bir o'yinlarini internet orqali kuzatib bordim. Afsuski oliy ligaga chiqish imkoniyatidan foydalana olmadi. Menimcha mahalliy futbolchilarga ko'proq urg'u erish kerak edi. CHunki, bizda istedodlar etarli darajada topiladi. 

- No'mon Hasanov haqida qanday fikrdasiz? Ushbu murabbiyning qaysi xislatlarini qadirlaysiz?

- Menimcha, O'zbekistonda 3ta eng zo'r murabbiylardan bittasi bo'lsa kerak. Inson sifatida ham ajoyib xislatlarga ega. Qo'qonda shunchaki jamoa emas, oila shakllangan. Buni bosh sababchisi No'mon Hasanov. Ularning o'zlari ham yuqori saviyadagi futbolchi bo'lganlar. Ushbu murabbiy qo'l ostida o'zimning kamchilik va yutuqlarimni ko'ra oldim. Kerakli narsalarni o'rgandim. No'mon Hasanov Qo'qon futbolini bundanda yuqoriga olib chiqadigan haqiqiy jonkuyar inson.

 - Siz uchun qaysi jamoa qadirli? “Lokomotiv”mi yoki “Qo'qon-1912” jamoasimi?

- To'g'risini aytsam, “Lokomotiv” ham “Qo'qon-1912” jamoasi ham o'z o'rniga ega. CHunki, “Lokomotiv” meni tarbiyalab futbolchi sifatida etishtirdi. Qo'qonda esa katta futbolga kirib keldim. SHu sababli ikkala jamoadan ham minnatdorman. 

- “Qo'qon-1912” jamoasida ijara shartnomangiz o'z nihoyasiga etdi. Ushbu jamoada qolasizmi yoki kelasi yili OCHLda ishtirok etish uchun “Lokomotiv”ga qaytasizmi?

- To'g'risi, boshqa klublardan ham takliflar bor. Lekin xuquqiy jixatdan “Lokomotiv” klubiga tegishliman. SHu sababli bir nima deyishga ham hayronman. Kim ham chempion bo'lgan jamoada to'p tepishni istamaydi deysiz? Agarda “Qo'qon-1912” jamoasida to'p tepish imkoniyati paydo bo'lsa, albatta jon deb ushbu taklifni qabul qilaman. Mavsumni qaysi jamoada boshlashni o'zim ham bilmayman. Agarda “Lokomotiv” men bilan xayrlashmoqchi bo'lsa, o'zimga maqul bo'lgan variantni ko'rib chiqaman. 


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика