So’nggi yangiliklar

17:13Ўзбекистон терма жамоаси йиғинига чақирилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  21 17:00"Пахтакор" дунёнинг энг яхши клублари рейтингида ТОП-500 га кирди  1 16:25"Арсенал" "Бавария" юлдузини нишонга олди  0 16:00Нега Лутфуллин 3 та ўйинга тайинланди? Маъмур Саидқосимов жавоб берди  0 15:45Брайан Риаскос: "Ал Ҳилол" ғалабага лойиқ эди"  0 15:31Роналду ва Надаль сармоя киритган Мадриддаги итальян таомлари ресторани ёпилди  2 15:10Фламарион: "Мен жамоадошларимдан фахрланаман, сабаби биз бор кучимизни ишга солдик"  4 14:47Анри Рафиньяни "Олтин тўп" учун курашда асосий фаворит деб ҳисобламоқда  11 14:25Игорь Сергеев: "Тошкентда кўпроқ гол уришимиз керак эди"  11 13:56"Рома" футболчиси клуб билан шартномасини узайтирди  3 13:24Матбуот анжумани. Ислом Исмоилов: "Терма жамоа хусусий эмас, миллатники. Виждоним тоза, энг муносиб 23 нафар футболчини жалб қилдик"  13 13:16"Динамо" тақдимот маросими ўтказди  3 12:47Анчелотти Симеоне ҳақида гапирди  2 12:22Ямал: "Мен зарба бермоқчи эдим, лекин Рафинья буни голга айлантирди"  8 11:55"Бавария" "Манчестер Юнайтед" ҳимоячиси учун "Реал" билан курашиши мумкин  2

Quvondiq Ro'ziev: "Qo'qon-1912" bilan hali kelishganim yo'q" Yangiliklar

Quvondiq Ro'ziev: "Qo'qon-1912" bilan hali kelishganim yo'q"

O'tgan mavsumni Namanganning "Navbahor" jamoasida o'tkazgan yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziev shu kunlarda "Qo'qon-1912"ning mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Futbolchi rostdan Qo'qonga qaytdimi? Bu borada uning o'zi saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Qo'qon-1912"ga Baxtiyor akaning takliflari bilan keldim. O'zlari ham futbolchi bo'lganlar. Bunday jarohatlardan o'tganlar, deya olaman. "Jarohatdan keyin o'zingga kelib olishing kerak. Hozirgi paytda og'ir yuklamalar bo'ladi. Bu senga foyda",-  dedilar. Lekin klub bilan kelishganim yo'q. SHunisi aniqki, Baxtiyor akaga so'z berdim, jamoa bilan kelisha olmagan taqdirimda boshqa klublarning takliflarini ko'rib chiqaman. Ungacha "Qo'qon-1912"ning taklifini kutaman. Yuz foiz jamoa bilan birgaman, demagan bo'lar edim. Baxtiyor aka ham murabbiy, ham akamdek bo'lib qolgani uchun chorlovlariga yo'q demadim. "Navbahor"dagi qiyin paytlarimda haftada 1-2 marotaba qo'ng'iroq qilib maslahat berib turdilar. O'yinimni tahlil qilardik. Tashlab qo'ymaganlar. SHu bois bu erga kelib qo'shildim. Ammo shartnoma imzolamadim",- deydi Quvondiq Ro'ziev. 

Tez orada batafsil intervyuni etiboringizga havola qilamiz!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика