So’nggi yangiliklar

19:14ЛаЛига. "Жирона" ғалабага эришиб, 2-ўринга кўтарилди. Жамоа ҳужумчиси тўпурарлар жадвалида етакчилик қилмоқда  0 19:07Салоҳ 79 дақиқада Клопп билан жанжаллашиб қолди  1 18:32Ўзбекистон Кубоги. "Олмипик Мобиуз" "Зомин"ни таслим қилиб, кейинги босқич йўлланмасини қўлга киритди  1 18:28Ўзбекистон кубоги. "Локомотив"ни енгган "Қизилқум" рақибини гуруҳда қолдириб, плей-оффга йўл олди  0 18:28АПЛ. "Ливерпуль" "Вест Хэм" билан дуранг қайд этди ва чемпионлик учун имкониятларини пасайтириб юборди  12 18:15"Манчестер Юнайтед" - "Бёрнли". Таркиблар эълон қилинди  3 17:53"Бавария" - "Айнтрахт". Асосий таркиблар билан танишинг  0 17:47"Боруссия" Д - "Лейпциг". Кимлар асосий таркибда?  2 17:28Титулдан сўнг: А Серия 34-тур превьюси, Шомуродов собиқ жамоасига гол урадими?  4 16:43"Where is Saudi Arabia?". Ўзбекистон - Саудия Арабистони ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  12 16:25Жасурбек Жалолиддинов: "Бугун майдонда қўрққан жамоа ютқазди"  8 15:34U23 Осиё Кубоги ярим финалида ўзбекистонлик мутахассис ишлайди  4 15:25Ўзбекистон кубоги. “Локомотив” – “Қизилқум”. Асосий таркиблар маълум  1 15:23Индонезия - Ўзбекистон баҳсини ким бошқаради?  28 14:55Умарали Раҳмоналиев: "Рақибнинг провокацияларига тайёр эдик"  4

Qutqaruvchi ko'chish: Pulishich qanday qilib faoliyatini "Milan"da "jonlantirmoqda" (mutolaa uchun) Yangiliklar

Qutqaruvchi ko'chish: Pulishich qanday qilib faoliyatini "Milan"da "jonlantirmoqda" (mutolaa uchun)

Iqtidorli amerikalikning "jonlanishi" haqida gaplashamiz.

So'nggi paytlarda shunday tendenciya kuzatilmoqdaki, A Seriyaga asosan yuqoriroq tempdagi ligalarda joy etmagan yulduzli o'yinchilar o'tishmoqda. Ushbu toifaga kiruvchi ayrim futbolchilarni "Milan" qabul qilmoqda. "Rossoneri"da avvaliga hozirda klub tizimida ishlayotgan Zlatan Ibragimovich paydo bo'ldi. So'ngra "San Siro"ga katta ehtimol bilan joriy mavsum so'nggida "qizil-qoralar"ni tark etadigan Olive Jiru keldi. Francuz MLSga yo'l olmoqda.



Ammo, "Milan" faqat qariya o'yinchilarni nishonga olmagan. "Rossoneri" bazida istiqbolli yoshlar yoki faoliyatidagi unchalik yaxshi bo'lmagan paytni o'tkazayotgan taniqli o'yinchilarga etibor qaratadi. Masalan, Kristian Pulishich kabilarga. Amerikalik "CHelsi"da unchalik yaxshi paytlarini o'tkazmadi. U uchun Italiyaga ko'chib o'tish mubolag'asiz qutqaruvchi vazifasini o'tadi. Iqtidorli vinger A Seriyada murabbiy, jamoadoshlari va muxlislarning qo'llab-quvvatlashini olib to'liq kuchi bilan o'ynashi mumkin.

Pulishichning Evropadagi faoliyati u 2015 yilning qishida Dortmundning "Borussiya"siga o'tganida boshlangan. "Arilar" iqtidorli amerikalikni tekinga qo'lga kiritishdi va U-17 jamoasiga kiritishdi. Dortmundda yoshlarga ishonch bildiriladi, shu sabab Kristian birinchi jamoaga ancha tez qo'shilib ketdi va 2015/16 yilgi mavsum Bundesligada 9ta o'yin o'tkazdi, shuningdek o'zining Germaniya chempionatidagi ilk gollarini urdi. Amerikalik keyingi mavsum 8ta assist qayd etdi va jamoaning eng yaxshi assistenti nomi uchun faqatgina Usmon Dembeledan ortda qoldi.



Pulishich "Borussiya"da 4 yil o'ynadi. Kristian o'zini Dortmundda katta imkoniyatlarga ega yaxshi o'yinchi sifatida ko'rsatdi, "arilar" esa uni yaxshi pulga sota olishdi. "CHelsi" 2019 yilning qishida uni xarid qildi. Transfer narxi 64 mln evroni tashkil etdi. Bitim imzolanganidan so'ng vinger qolgan yarim mavsum Dortmundda qoldi va shundan so'ng yangi chempionatni zabt etish uchun yo'l oldi. Futbolchi APLdagi ilk mavsumidayoq 9ta gol va 6ta assist qayd etdi va o'sha payt faoliyatida gol+pas tizimi bo'yicha (15 ochko) eng yaxshi natijani ko'rsatdi.

Ilk mavsum Pulishich uchun "CHelsi"da shunday o'tdi. Uning keyingi mavsumlardagi samaradorligi tushib bordi va kam o'yin amaliyoti ola boshladi. Kristianning doim omadi kelmasdi. Jarohatlar va murabbiylik qarorlari uning ilk mavsumda ko'rsatgan darajasiga qaytishga yo'l qo'ymadi. Amerikalik oldingidek yaxshi o'yin ko'rsatishni boshlagan payti yana jarohatlarga yo'liqardi. O'sha payt AQSH terma jamoasi u uchun chalg'ishdek vazifani bajargan. Uning milliy jamoadagi ishlari London klubidan ko'ra yaxshi kechdi, ammo u sog'ligi imkon bergan payt o'ynardi.

Pulishichning baxtiga "CHelsi"ga oldingi xo'jayinlarning pulini hisoblamaydigan yangi rahbarlar keldi. "Ko'klar" o'yinchini 2023 yilning yozida "Milan"ga 20 mln evroga sotishdi. SHunday qilib 25 yoshli vinger faoliyatidagi yangi bosqich uchun yangi klubga o'tdi. Odatdagidek, unga ham oldingi mavsumlarni yaxshi o'tkazmagan o'yinchilarga bo'lgan shubha bilan munosabatda bo'lishdi. Ammo, Kristian tanqidlardan ham, vaziyatni to'liq o'zgartirishdan ham, yangi til, madaniyat va chempionatdan ham qo'rqmadi. Amerikalik yolg'iz emasdi, u bilan birga "rossoneri" safiga "CHelsi"ning yana bir sobiq o'yinchisi Ruben Loftus-CHik ham o'tdi.



Pulishich yangi liga va italyan tilini bilmasligiga qaramay "Milan"ga tezda moslashib ketdi. Kristian ilk o'yindayoq gol urdi va Jiru bilan "rossonerilar"ga "Bolonya"ni taslim etishga yordam berdi. Amerikalik keyingi o'yinda ham to'p kiritdi. Bu safar "qizil-qoralar" "Torino"ni mag'lub etishdi. Vinger har o'yinda samarali harakatlar qilmayapti, ammo baribir jamoada muhim rol o'ynamoqda va yutishga yordam bermoqda. Xususan, u A Seriyadagi so'nggi ikkita o'yinda gol urdi va "Empoli"ga qarshi g'alaba to'pini kiritdi.

Pulishich Italiya chempionatidagi 27ta o'yinda 9ta gol va 6ta assist qayd etdi. U "CHelsi" tarkibidagi ilk mavsumidagidek 15 ochko jamg'argan holda gol+pas tizimi bo'yicha faoliyatidagi eng yaxshi ko'rsatkichini takrorladi. Kristian Jirudan so'ng "Milan"ning eng yaxshi ikkinchi to'purari, shuningdek Jiru va Rafael Leaudan so'ng eng yaxshi uchinchi assistent bo'lib turibdi. Amerikalik "rossoneri" etakchisi hisoblanmaydi, ammo buni hech kim undan talab qilmayapti. U shundoq ham yangi klubida juda yaxshi debyut mavsumini o'tkazmoqda. Va eng asosiysi, ancha paytdan beri ilk bor jarohatlarga yo'liqmayapti.

"Milan"ga o'tish Pulishichga xalqaro arenada ham yordam berdi. Kristian sentyabr-oktyabr oylarida AQSH terma jamoasi tarkibida 4ta o'yinda 3ta gol va 1ta assist qayd etdi. Amerikaliklar to'rttadan uchta o'yinda g'alabaga erishishdi. AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Greg Berxalter o'yinchiga katta ishonch bildiradi. U futbolchiga sardorlik bog'ichini berdi va faoliyatidagi qiyin paytda o'zini muhim futbolchi sifatida his qilishini taminladi. Bunga javoban shogirdi jamoaga maksimal foyda olib kelishga urinmoqda.



Pulishich 25 yoshida KONKAKAF Millatlar ligasini yutgan o'sha AQSH terma jamoasidagi eng tajribali o'yinchi edi. Kristian Yamayka va Meksikaga qarshi o'yinlarda samarali harakati bilan ajralib turmadi, ammo 120 va 90 daqiqa o'ynagan holda jamoa uchun muhimligini isbotladi. Vinger AQSH terma jamoasidagi 64ta o'yinda 28ta gol urgan. U o'z mamlakat terma jamoasi tarixidagi to'purarlar ro'yxatida 6-o'rinda turadi. Pulishichga hali ham muhim o'yinlarda samarali harakatlar etishmaydi, ammo u shunga erishish uchun harakatda. Hatto 25 yoshda ham barchasini boshidan boshlashga kech emas.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

   
28 mar 20:44:21
Ali
Men xali ham Chelse Pulushichni sotib o'rniga tugab bo'lgan Sterlingni sotib olganiga tushunmayman
   
28 mar 03:28:50
Azim
Америка тарихидаги энг зур уйинчи !
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика