So’nggi yangiliklar

11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  16 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  0 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3

Qutman Qadirbekov: "Qirg'iziston istalgan raqib bilan kurashga tayyor" Yangiliklar

Qutman Qadirbekov: "Qirg'iziston istalgan raqib bilan kurashga tayyor"

Qirg'iziston terma jamoasining 21 yoshli darvozaboni Qutman Qadirbekov kechagi Janubiy Koreyaga qarshi o'yindan keyin mikst-zonada uchrashuvi haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Nufuzli musobaqada terma jamoa safida debyut qilganimdan xursandman. Har kimga ham bu nasib etavermaydi. Men berilgan imkoniyatdan to'liq foydalanishni istayman. Barcha istalgan vaqtda maydonga tushishi mumkinligi ehtimoli bilan doimo safga chiqishga hozir-u nozir bo'lish kerak. Qanday o'ynaganimni murabbiylar baholashadi. Men qo'limdan kelgan barcha ishni qildim.

Qirg'iziston terma jamoasi istalgan raqib bilan kurashishga tayyor. Biz doimo g'alaba uchun maydonga tushamiz. O'yin qanday kechishidan qati nazar murabbiylar oxirigacha futbol o'ynash kerakligini takidlashadi.

Men darvozani qo'riqlaganimdan xursandman. Ammo uchrashuvdan oldin Koreyaga qarshi bahsda men tushishimni hayolimga keltirmagandim. Faqatgina murabbiy tarkibni elon qilganida buni tushunib etdim. Pavel Matyash bilan juda do'stona aloqadaman.

Yoqimli hayajon sezildi. Lekin maydonda buni avtomatik tarzda unutasan. Raqib kimligi ikkinchi darajaga chiqadi. Terma jamoadagi akalarim ham o'yindan oldin meni qo'llab-quvvatlab turishdi. Kuchli raqibga qarshi Osiyo Kubogi bahsida maydonga tushganimdan nihoyatda xursandman", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Qirg'iziston terma jamoasi darvozaboni Qutman Qadirbekov.

Eslatib o'tamiz, Qirg'iziston terma jamoasi kecha Osiyo Kubogining 2-tur doirasida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv taqdirini esa birgina gol koreyaliklar foydasiga hal etdi.

Qirg'iziston terma jamoasi uchinchi tur oldidan pley-off bosqichiga uchinchi o'rin bilan chiqadigan 4 jamoadan biri bo'lish imkoniyatini saqlab turibdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика