So’nggi yangiliklar

15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  5 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  11 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2

Quraga 3 kun qoldi, "SA" xodimi safarga hozirlik ko'rmoqda Yangiliklar

Quraga 3 kun qoldi, "SA" xodimi safarga hozirlik ko'rmoqda

4 may kuni Dubaydagi "Armani Hotel" mehmonxonasida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Hozirda ko'pchilik qurani intiqlik bilan kutmoqda deya olamiz. CHunki bo'lajak Osiyo Kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi va guruhdagi raqiblarimizni bilib olish barchaga qiziq tuyuladi.

OFK tarixida birinchi marta Osiyo Kubogida 24ta jamoa ishtirok etadi. OFK butun Osiyo bo'ylab muxlislar qiziqishini oshirish maqsadida ishtirokchi davlatlar sonini 16tadan 24taga etkazdi. Jamoalar 6tadan to'rtta savatchaga bo'lingan:

1-savatcha
BAA - bosh murabbiy Alberto Zakkeroni (Italiya)
Eron - bosh murabbiy Karlush Keyrush (Portugaliya)
Avstraliya - bosh murabbiy Bert Van Marveyk (Gollandiya)
Yaponiya - bosh murabbiy Akira Nishino (Yaponiya)
Janubiy Koreya - bosh murabbiy SHin Tae Yong (J.Koreya)
Saudiya Arabistoni - bosh murabbiy Xuan Antonio Pizzi (Argentina)

2-savatcha
Xitoy - bosh murabbiy Marchello Lippi (Italiya)
Suriya - bosh murabbiy Bernd SHtange (Germaniya)
O'zbekiston - vaqtincha bosh murabbiy Timur Kapadze (O'zbekiston)
Iroq - bosh murabbiy Bosim Qosim (Iroq)
Qatar - bosh murabbiy Feliks Sanches (Ispaniya)
Tailand - bosh murabbiy Milovan Rayevac (Serbiya)

3-savatcha
Qirg'iziston - 
bosh murabbiy Aleksandr Krestinin (Rossiya)
Livan - Miodrag Radulovich (CHernogoriya)
Falastin - bosh murabbiy tayinlanmagan
Ummon - bosh murabbiy Pim Verbek (Gollandiya)
Hindiston - bosh murabbiy Stefen Konstantin (Angliya)
Vetnam - bosh murabbiy Park Xang Seo (J.Koreya)

4-savatcha
KXDR - 
bosh murabbiy tayinlanmagan
Filippin - bosh murabbiy tayinlanmagan
Bahrayn - bosh murabbiy Miroslav Soukup (CHexiya)
Iordaniya - bosh murabbiy Jamol Abu Abed (Iordaniya)
Yaman - bosh murabbiy Abraham Mebratu (Efiopiya)
Turkmaniston - bosh murabbiy Yazguli Xojageldiev (Turkmaniston)

Ko'rib turganingizdek, O'zbekiston 2-savatchadan o'rin olgan. Qura tartibiga ko'ra, musobaqa mezboni BAA "A" guruhidan joy oladi. Hozircha faqat shunisi malum. Qura marosimini voqea joyidan yoritib borish, quradan keyingi fikrlarni ommaga taqdim etish hamda murabbiy va mehmonlardan intervyu olish maqsadida saytimiz xodimi Xayrulla Xoliqov Dubayga ketishga hozirlik ko'rmoqda. O'ylaymizki, marosim bo'lib o'tadigan joydan muxbirimiz o'quvchilarga qaynoq xabarlarni etkazib turadi. SHunday ekan, bizni kuzatishda davom eting.


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика