So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  2 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  3 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Qura qanday o'tdi? Yangiliklar

Qura qanday o'tdi?

Bugun O'FF binosida kelasi yilgi oliy liga bahslariga qura tashlash marosimi o'tkazildi.
Odatda chempionat yakunlariga bag'ishlangan tadbir juda boshqacha o'tardi. Unda quradan tashqari oliy liga klublari vakillarining ham fikrini tinglardik, biroq bu safar boshqacha bo'ldi. Kirish so'zi dastlab O'FF vice-prezidenti Sardor Rahmatullaevga berildi, keyin esa PFL bosh direktori Farhod Magometov so'z oldi.

Farhod Abdualievich avvaliga kun tartibidan o'rin olgan masalalar haqida so'z yuritdi. Demmak, kun tartibidan quyidagi masalalar o'rin olgandi: 1.Oliy liga-2015 qurasini o'tkazib olish; 2.2014 yilgi chempionat yakunlari bo'yicha PFL hisoboti va kelasi yilgi rejalar; 3.Reglamentdagi o'zgarishlar; 4.Klublarni licenziyalashtirish. Magometov bu haqda qisqacha o'z fikrini bildirib o'tganidan so'ng navbat qura tashlash marosimiga etib keldi va uni Valeriy Lyotkin boshchiligidagi PFL mutaxassislari o'tkazishdi.

Quradan oldin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Vadim Abramov chempionat o'yinlarini eski “oynali” tizimda o'tkazish taklifini o'rtaga tashladi. Bunda, 15-turda o'zaro o'ynagan jamoalar ikkinchi davrani ham xuddi shu tartibda boshlashadi. Biroq buni ko'pchilik maqullamadi. Natijada kelasi yilgi chempionat ham, xuddi bu mavsumdagi kabi variantda o'tadigan bo'ldi. Yani, 15-turda o'zaro o'ynagan jamoalarning javob uchrashuvlari oxirgi 30-turda o'tkaziladi.

Oliy ligaga qura tashlanib bo'lgach, Farhod Magometov OAV vakillarining zaldan chiqib ketishlarini so'radi, chunki buyog'iga kun tartibidan o'rin oldin boshqa masalalarni jurnalistlarsiz davom ettiradigan bo'lishdi. Natijada biz tashqariga chiqib ketdik va anjumanlar zalida undan keyin nima gap-so'zlar bo'lganidan xabarimiz yo'q. Yig'ilish tugagach, yana qaytib zalga kirdik va PFL bosh direktoridan alohida intervyu oldik. Intervyuda qanday savol-javoblar bo'lganini esa keyinroq saytimizda elon qilamiz.


X.Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика