So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  3 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  7 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  12 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  9

"Qozon Arena" stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

"Qozon Arena" stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Bugun Jahon CHempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan stadionlardan biri bo'lmish “Qozon Arena” haqida malumot beramiz.

“Qozon Arena” stadionida Jahon chempionatining 6ta o'yini bo'lib o'tadi.
Stadion 2013 yilda qurilgan. 2017 yilda bu erda FIFA Konfederaciyalar Kubogi o'yinlari bo'lib o'tgan.


O'yinlar

“Qozon Arena” stadioni 16 iyun kuni barchaga o'z eshiklarini ochadi. O'sha kuni Franciya va Avstraliya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. SHundan so'ng, guruh bosqichining 3ta o'yinni, 1/8 final uchrashuvi va chorak final bahslari bo'lib o'tadi.



Imkoniyatlari

“Qozon Arena” stadioniga 45 000 tomoshabin tashrif buyurishi mumkin. Uning mundialdagi asosiy imkoniyati ana shundan iborat.


Joylashgan o'rni

Tatariston poytaxtida bunyod etilgan stadion Qozon daryosi qirg'oqlari tomonda joylashgan. Inshootga tepadan nazar solsangiz, u xuddi suvdagi nilufar guliga o'xshaydi.  


Bilasizmi?

“Qozon Arena” stadioni uch yilda qurib bitkazilgan. Bu arena futbolchilar stadioniga aylanib, mashhurlikka erishishiga 2013 yil yozda xalqaro yozgi Universiadaning ochilish va yopilish marosimi aynan shu erda o'tkizgani sabab bo'lgan. 2015 yilda esa arenada suv sporti bo'yicha Jahon CHempionati o'tkazilgan. SHuning uchun, u erda katta-katta hovuzlar qurilgan. “Qozon Arena” stadioni jahondagi eng katta sport inshootlaridan biri desak, adashmaymiz. Uning umumiy maydoni 4 200 kv. metr.


Dastlabki o'yinlar

“Qozon Arena” stadionidagi birinchi o'yin 2014 yilning 17 avgustida bo'lib o'tgan. O'sha kuni “Rubin” o'z uyida “Lokomativ” jamoasini qabul qilgandi. Stadiondagi birinchi golni “Loko” klubining 18 yoshli o'yinchisi Aleksey Miranchuk urgandi. “Rubin” jamoasi “Qozon Arena” stadionida o'z raqiblari bilan bahs olib borishda davom etmoqda. Navbatdagi o'yin 17 mart kuni qozonliklar va “Spartak” jamoasi o'rtasida bo'lib o'tadi.



Meros

Stadion Jahon CHempionati-2018dan so'ng, Rossiyaning ikki karra chempioni bo'lmish “Rubin” jamoasining mashg'ulotlar o'tkazadigan stadioniga aylanadi. Bundan tashqari, u erda turli xil ko'ngilochar shou, koncert va tadbirlar o'tkazilib turadi. Bu inshoot allaqachon ko'pchilikning dam olish maskanlaridan biriga aylanishga ulgurdi. Mahalliy aholi va sayyohlar oila azolari bilan stadionda bemalol dam olishi mumkin. Arenada bolalar uchun ko'ngilochar markaz, xokkey va futbol sekciyalari, kattalar uchun esa fitnes-klub, kafe va restoranlar faoliyat yuritadi.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика