Qozog'istonning "Irtish" klubi Turkiya yig'inini yakunladi
22 jan 2014 11:34
Yangiliklar

Qozog'istonning "Irtish" klubi Turkiya yig'inini yakunladi
8 yanvardan Turkiyaning Antaliya shahrida mashg'ulotlarni boshlagan Pavlodarning "Irtish" klubi bugun ushbu yig'inni tugatdi.
Ulug'bek Baqoev, Kamoliddin Murzoev va SHavkat Salomov kabi nafar hamyurtimiz faoliyat olib borayotgan klub bu yig'in doirasida uchta nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
14 yanvar kuni "Irtish" Trabzon shahrining "Dyuzyurt" klubi bilan o'ynadi. 2:0 hisobida yakunlangan bahsda Averchenko va Kamoliddin Murzoev gol urishdi.
18 yanvarda "Sarier" jamoasiga qarshi uchrashuvda esa "Irtish" mag'lub bo'ldi - 1:2. Qozog'iston safida yagona golni Postnikov urdi.
So'nggi nazorat uchrashuvi esa Rossiyaning "Nefteximik" klubiga qarshi tashkil etildi. 21 yanvar kuni bo'lib o'tgan bahsda pavlodarliklar 2:0 hisobida zafar quchishdi. Hisobni Ulug'bek Baqoev ochdi, ikkinchi gol bo'lgan vaziyatda esa aynan Baqoevning zarbasidan so'ng himoyachi o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi.
Bugun "Irtish" Qozog'istonga qaytadi va futbolchilarga bir haftalik dam beriladi. 28 yanvardan jamoa yana Turkiyada yig'inni boshlaydi.

Fikrlar