Qozog'iston PFL rahbari Oljas Abraev istefoga chiqdi
18 may 2016 17:57
Yangiliklar
Qozog'iston PFL rahbari Oljas Abraev istefoga chiqdi
Qozog'iston futbol Federaciyasi Prezidenti Erlan Kojagapanov Abraevning istefosini qabul qildi.
- Men shunga qaror qildim. O'tgan davr ichida QPFLda olib borgan ishimdan umuman uyalmayman. Futbol yo'lida ishladim. Qozog'iston terma jamoasining o'rtoqlik uchrashuvi tufayli shunday qarorga keldim. Milliy terma jamoa o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishiga hech qachon qarshi emasman. Ammo qarorlar barcha tomonlar bilan kelishib qabul qilinishi kerak. Biz QFF iltimosiga ko'ra avgust oyi boshida terma jamoa uchun bo'sh kunlar qoldirgandik. Bundan tashqari may oyi oxirida ham o'yin o'tkazishni taklif qilgandik. Bizni hech kim eshitmadi. Men futbol klublarning huquqini himoya qilishni istagandim. Barchaga rahmat aytaman. Liga o'z ishini davom ettirishi kerak, - deydi Abraev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar