Qozog'iston Kubogi. "Aktobe" mag'lubiyatga uchradi, Sergeev zaxiradan tushirildi
16 iyu 2021 21:40
Yangiliklar
Qozog'iston Kubogi. "Aktobe" mag'lubiyatga uchradi, Sergeev zaxiradan tushirildi
O'zbekiston terma jamoasi forvardi Igor Sergeev 68-daqiqada Maksim Samorodov o'rniga maydonga tushdi.
"Astana" – "Aktobe" 3:2
"Astana Arena"
Gollar: Marin Tomasov 13', avtogol Adilxan Tanjarikov 47', Tigran Barsegyan 71', – Oleg CHernishov 45', Yuriy Logvinenko 80'
"Astana": Dmitriy Nepogodov, Abzal Beysebekov, Eneo Bitri, Enrike Fernandes Kadete-Lopes (Pedro Migel Pina Eujenio, 46), Antonio Rukavina, Luka SHimunovich, Tigran Barsegyan (Mark Gurman, 86), Islambek Kuat (Fatos Bechiray, 79), Marin Tomasov, Valeriy CHuperka, Abat Aymbetov (Maksim Afrid Ebong Ngome, 46)
"Aktobe": Sergey Revyakin, Mixal Yerabek, Yuriy Logvinenko, Tongo Xamed Dumbiya, Arturas Julpa (Temirlan Erlanov, 46), Erveyn Mukam, Ramazan Orazov, Maksim Samorodov (Igor Sergeev, 68), Adilxan Tanjarikov (Dinmuhammad Kashken, 68), Zaza Cickishvili (Didar Jalmukan, 68), Oleg CHernishov (Alisher Ajimov, 78)
Ogohlantirishlar: Adilxan Tanjarikov (29), Arturas Julpa (30), Ramazan Orazov (53), Maksim Afrid Ebong Ngome (57), Abzal Beysebekov (63), Dinmuhammad Kashken (73), Alisher Ajimov (90).
Eslatib o'tamiz, har ikki jamoa "C" guruhi vakili sanaladi. Aytish joiz, turnir yangi formatda o'tkazilmoqda. Unga ko'ra 2-davra (6 tur)dan so'ng 1/4 final boshlanib, olimpiya tizimi ishga tushadi, yani yutqazgan jamoa musobaqani tark etadi. Guruh bosqichi 10 iyuldan start oldi. Final 28 noyabrda o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Turnir qatnashchilari – Qozog'iston Premer-ligasining 14 ta jamoasi, birinchi va ikkinchi ligadan 2 ta jamoa.
Quyida "C" guruhida qatnashadigan "Aktobe"ning taqvimi bilan tanishishingiz mumkin:
3-tur
24 iyul. "Aktobe" - "Qaysar"
4-tur.
31 iyul. "Qaysar" - "Aktobe"
5-tur
7 avgust. "Akjayik" - "Aktobe"
6-tur
14 avgust. "Aktobe" - "Astana"
Fikrlar