Qozog'iston klubining 160 nafar xodimga maosh to'lamagani aniqlandi
30 mar 23:37
Yangiliklar
Qozog'istonning "O'qjetpes" klubida mehnat qonunchiligi buzilishi qayd etilgan.
“Nazorat tadbirlari davomida Oqmola viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli “O'qjetpes” futbol klubi davlat korxonasida 160 nafar xodimga umumiy qiymati 425 million tenge (taxminan 560 ming AQSH dollari) miqdoridagi ish haqi qarzi borligi aniqlandi.
Prokuror nazorati dalolatnomasiga ko'ra, xodimlar oldidagi qarzdorlik to'liq qoplandi, aybdorlar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortildi”, — deyiladi Oqmo'la viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabarida.
Fikrlar