So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  3 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Qozog'iston futzal termasi ustozi Kaka: "Bizda legionerlardan Igita bilan Edson qoldi" Yangiliklar

Qozog'iston futzal termasi ustozi Kaka: "Bizda legionerlardan Igita bilan Edson qoldi"

Kecha futzal bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi doirasida O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari o'zaro to'qnash keldi (2:1).

Uchrashuvdan so'ng Qozog'iston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Kaka fikrlarini bildirdi.

"Birinchi navbatda, O'zbekiston futzal terma jamoasiga bunday mehmondorchilik uchun rahmat aytaman. Biz mana shunday nooodatiy, chiroyli arenada to'p tepishga muvaffaq bo'ldik, chunki yuqori qismi ochiladigan arenada o'ynash ko'pchilikning orzusi. O'yin haqida to'xtalsam, ha, biz yutqazdik, lekin biz boshimizni tik tutishimiz kerak. Hayot oldinda. Bu biz uchun dars bo'ldi, ko'plab yoshlar harakat qildi. Yangi avlod bunday o'yinlar orqali o'sishga erishadi", – deydi Kaka. 

- Tarkibga etibor berar ekanmiz, 1 nafar braziliyalik futzalchi borligiga guvoh bo'ldik. Qozog'istonda Jahon chempionatida ko'plab braziyaliklar bor edi. Yangi tuzilayotgan jamoada ularning soni kamroq bo'lishi qaror qilinganmi?

- Duglas va boshqalar terma jamoamiz bilan xayrlashdi. Bizda Igita bilan Edson qoldi. Umid qilamanki, ular bizga yordam berishadi. Yoshlar o'zidan o'zi o'smaydi. Bu natija yoqimsiz, ammo biz bu bosqichdan o'tishimiz kerak. Yangi uy uchun albatta poydevor zarur. Gap natijada emas, o'yinda. Futzalchilar katta tajriba to'playotgani xursand qilmoqda.

- O'zbekiston chempionatida braziliyalik futzalchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. Mutaxassis sifatida nima deya olasiz, legionerlar mahalliy futbolchilarga yordam bera oladimi?

- Albatta. Qozog'istonda joriy yil legionerlar kamroq va mazkur holat o'yin darajasiga o'z tasirini ko'rsatmoqda. Boshqa tomondan bu yoshlarga imkoniyat. Faqat balansni topa olish darkor. 

- O'zbekiston futzali tarixidagi eng yaxshi o'yinchini ayta olasizmi?

- Juda qiyin. Lekin oxirgi yillarda ko'rganimdan kelib chiqib aytsak, Husniddin Nishonov. U zamonaviy futzalchi, yaxshi zarbalar beradi, ko'p gollar uradi. Ha, butun tarixdagi eng yaxshisi deya olmayman, chunki o'zbek futzali tarixi bilan to'liq tanish emasman.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
17 okt 20:16:25
Alex Daniyarov
Шу саволлар екмайдида, Узбекистон кандай, уйинчилари кандай, ош тановул килдингизми, навкирон шахарларни зиёрат килдингизми, майдон ёкдими ва хоказо. Бизнинг футзалда ким энг яхши уйинчи хозир ва тарихда... Кака да бунга кандай кизикиш булсин? У Козогистонни футзали уйлайди, Европада катнашишади... Осиё футзали ва Узбекистонни нима килади куриб?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика