Qozog'iston chempionati. "Tobol" ketma-ket uchinchi g'alabasiga erishib, "Astana"ga etib oldi, Sergeev 84 daqiqa o'ynadi
26 iyu 2022 18:44
Yangiliklar


Qozog'iston chempionati. "Tobol" ketma-ket uchinchi g'alabasiga erishib, "Astana"ga etib oldi, Sergeev 84 daqiqa o'ynadi
Bahs mehmonlarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi. G'oliblardan gollarni Rudi Pojeg, Dushan Yovanchich va Asxat Tagibergen urdi. "Qiziljar"dan esa yagona to'pni Jian Martins kiritdi. O'zbekiston terma jamoasi Igor Sergeev 84 daqiqa maydonda harakatlandi va jamoasi g'alabasiga katta hissa qo'shdi.
"Tobol" ushbu g'alabadan so'ng 23 ochko to'pladi va 1-o'rinni egallab turgan "Astana"ga etib oldi.
"Qiziljar" – "Tobol" 1:3
"Markaziy" stadioni
Gollar: Jian Martins 22' – Rudi Pojeg 8', Dushan Yovanchich 63', Asxat Tagibergen 81'
"Qiziljar": Miroslav Lobancev (s), Yuriy Bushman, Valeriy Karshakevich, Oleg Murachev (Evgeniy Kozlov, 80), Darko Zorich, Mussa Saib Kone, Jian Martins, Artur Murza, Pablo Xoakin Podio (Jordan Mishel Nkololo, 73), Sergey Tixonovskiy, Timur Muldinov (Ruslan Esimov, 73)
"Tobol": Aleksandr Mokin, Aleksa Amanovich, Bagdat Kairov, Sergey Maliy, Jarko Tomashevich, Ruben Luis Maurisiu Brijido (Jaslan Jumashev, 84), Samat Jarinbetov (Serikjan Mujikov, 68), Dushan Yovanchich, Rudi Pojeg (Aleksandr Marochkin, 78), Asxat Tagibergen (s), Igor Sergeev (Aybar Jaksilikov, 84)
Ogohlantirish: Asxat Tagibergen (43)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar