Qoyil, JCH ochilish uchrashuvini 45 mingdan ziyod muxlis kuzatdi
08 iyu 2019 16:38
Yangiliklar
Qoyil, JCH ochilish uchrashuvini 45 mingdan ziyod muxlis kuzatdi
7 iyundan 7 iyulga qadar Franciyada ayollar futboli bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi.
8-bor o'tkazilayotgan musobaqada 24ta terma jamoa qatnashyapti va ishtirokchilarning beshtasi Osiyodan: Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Tailand.
"A" guruhi - Franciya, Janubiy Koreya, Nigeriya, Norvegiya
"B" guruhi - Xitoy, Germaniya, JAR, Ispaniya
"C" guruhi - Avstraliya, Braziliya, Italiya, Yamayka
"D" guruhi - Argentina, Angliya, Yaponiya, SHotlandiya
"E" guruhi - Kamerun, Kanada, Gollandiya, Yangi Zelandiya
"F" guruhi - CHili, SHveciya, Tailand, AQSH
Kecha "A" guruhining dastlabki uchrashuvi Franciya va Janubiy Koreya ayollar termasi o'rtasida o'tkazildi. Bunda francuzlar 4:0 hisobida zafar quchishdi. Qizig'i shundaki, bu o'yinni stadionda 45 ming 261 nafar muxlis kuzatib bordi. Gap ayollar futboli haqida ketayotgani uchun bu raqamga havas qilsa arziydi.
Bugun kun tartibidan uchta o'yin o'rin olgan:
18:00. Germaniya - Xitoy
21:00. Ispaniya - JAR
00:00. Norvegiya - Nigeriya





O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar