So’nggi yangiliklar

22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  0 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  5 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  17 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  1 20:04"Ювентус" — "Видад". Таркиблар маълум  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  3 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  3 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  2 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1

Qosimovga 4 raqami yarashadi. CHunki u jamoasini pley-offdan guruh bosqichiga olib chiqqan to'rtinchi murabbiy! Yangiliklar

Qosimovga 4 raqami yarashadi. CHunki u jamoasini pley-offdan guruh bosqichiga olib chiqqan to'rtinchi murabbiy!

SHunday qilib Olmaliq shahrining AGMK jamoasi o'z tarixida ilk marta OCHL guruh bosqichida o'ynaydigan bo'ldi.

Pley-off bahsini safarda Qatarning "Al Garafa" klubiga qarshi o'tkazgan AGMK 120-daqiqada gol urib 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yin oxirida Yovan Jokich tomonidan kiritilgan gol olmaliqliklarni guruh bosqichiga olib chiqdi. Albatta, bu natijada jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning mehnati katta. 

O'tgan ikki yil davomida Mirjalol Qo'shoqovich o'zi xohlagan tarkibni shakllantira oldi. Buning mevasi esa sekin-asta ko'zga tashlanmoqda. 2020 yilgi OCHL pley-off uchrashuvlari jamoalarimiz uchun omadsiz kelgandi. Avvaliga "Lokomotiv" Tojikistonning "Istiqlol" klubi to'sig'idan o'ta olmagan bo'lsa, "Bunyodkor" safarda "Al Ayn"ga imkoniyatni boy bergandi. 

Natijada o'tgan yil OCHL guruh bosqichida bizdan faqat "Paxtakor" qatnashdi. Bu yil esa "Paxtakor" yoniga AGMK ham qo'shildi va endilikda ikkita klub Vatanimiz sharafini Osiyo chempionlar ligasida himoya qiladi.

SHu o'rinda bungacha bo'lib o'tgan OCHL pley-off bahslarini yodga oladigan bo'lsak, O'zbekiston klublari bu yilgi o'yinni hisobga olmaganda 14 bor pley-offda maydonga tushib, shundan 5tasini muvaffaqiyatli yakunlagan, 9tasida esa omad kelmagandi.

Oxirgi marta 2019 yil "Paxtakor" OCHL pley-off bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib guruh o'yinlariga yo'l olgandi. Bu yil esa AGMK mana shu natijani takrorladi. Eng qizig'i shundaki, Mirjalol Qosimov o'z jamoasi bilan OCHL guruh bosqichiga yo'l olgan to'rtinchi murabbiyga aylandi. 

Bungacha Sergey Lushan uch marta (2015, 2016, 2017) "Bunyodkor" bilan pley-offdan o'tgan bo'lsa, Ro'ziqul Berdiev (2018) bilan SHota Arveladze (2019) bir martadan shunday ko'rsatkich qayd etishgandi. Bu borada Mirjalol Qosimov to'rtinchi bo'ldi. Qosimovga 4 raqami juda yarashishini ko'pchilik yaxshi biladi.


Omadli pley-offlar

Keling, shu o'rinda biz uchun omadli kechgan pley-offlarni eslab o'tamiz. 

2015. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni

"Bunyodkor" (O'zbekiston) - "Al Jazira" (BAA) 2:1

Gollar: Vohid SHodiev, Sardor Rashidov - Ali Mabxut (penalti) 

"Bunyodkor" bosh murabbiyi - Sergey Lushan


2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni

"Bunyodkor" (O'zbekiston) - "Al SHabab" (BAA) 2:0

Gollar: Eldor SHomurodov (2ta)

"Bunyodkor" bosh murabbiyi - Sergey Lushan


2017. Doha. "Abdulloh bin Nosir" stadioni

"Al Jayish" (Qatar) - "Bunyodkor" (O'zbekiston) 0:0. (penaltilar bo'yicha - 1:3)

Penaltidan gol urganlar: Doston Hamdamov, Rustam Ashurmatov, Eldor SHomurodov. 

"Bunyodkor" bosh murabbiyi - Sergey Lushan


2018. Qarshi. "Markaziy" stadion

"Nasaf" (O'zbekiston) - "Al Faysali" (Iordaniya) 5:1

Gollar: Igor Golban, Bobir Abdixoliqov, Azizjon G'aniev, Dragan CHeran (penalti), Yosir Al Ravashdex (avtogol) - Mexa Alban. 

"Nasaf" bosh murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev


2019. Dubay. "Al Maktum" stadioni

"Al Nasr" (Dubay) - "Paxtakor" (Toshkent) 1:2

Gollar: Alvaro Negredo (penalti) - Dragan CHeran, Marat Bikmaev. 

"Paxtakor" bosh murabbiyi - SHota Arveladze


2021. Doha. "Suxeym bin Hamad" stadioni

"Al Garafa" (Qatar) - AGMK (O'zbekiston) 0:1

Gol: Yovan Jokich

AGMK bosh murabbiyi - Mirjalol Qosimov

Ko'rib turganingizdek, omadli pley-off 6 marta qayd etilgan. SHundan uchtasi uyda, yana uchtasi safar o'yinlarbda ro'y bergan. Uydagi o'yinlarda "Bunyodkor" ikki bor zafar quchgan va bir marta "Nasaf" ijobiy natija qayd etgan. Safardagi bahslarda esa "Bunyodkor", "Paxtakor" va AGMK shunday natijaga erishdi.

 


Omadsiz pley-offlar

Albatta, tanganing orqa tomoni bor deganlaridek, futbol faqat xursandchilikdan iborat emas. O'z paytida muxlislar dilini xira qilgan bellashuvlar ham bo'lgan.


2012. Dubay. "Al Maktum" stadioni

"Al SHabab" (BAA) - "Neftchi" (O'zbekiston) 3:0

Gollar: Essa Obayd (2ta), Aziz Haydarov.

"Neftchi" bosh murabbiyi - Yuriy Sarkisyan


2013. Dubay. "Al Maktum" stadioni

"Al Nasr" (BAA) - "Lokomotiv" (O'zbekiston) 3:2

Gollar: Morimoto Takayuki, Xabib Fardan, Leo Lima (penalti) - Viktor Karpenko, Akmal Xolmatov. 

"Lokomotiv" bosh murabbiyi - Hakim Fuzaylov 


2014. Toshkent. "Paxtakor" stadioni

"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Al Quvayt" (Quvayt) 1:3

Gollar: Ivan Nagaev - Issam Jemaa (3ta)

"Lokomotiv" bosh murabbiyi - Hakim Fuzaylov 


2014. Doha. "Suxaym bin Hamad" stadioni

"Al Jayish" (Qatar) - "Nasaf" (O'zbekiston) 5:1

Gollar: Ki Seul Ko (3ta), Nilmar, Abdulrahmon Issa - Farrux Sayfiev. 

"Nasaf" bosh murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev 


2017. Al Xasa. "SHahzoda Abdulloh bin Jalavi" stadioni

"Al Fateh" (S.Arabistoni) - "Nasaf" (O'zbekiston) 1:0

Gol: Ukra 

"Nasaf" bosh murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev


2018. Ar Rayan. "Tani bin Jassim" stadioni

"Al Garafa" (Qatar) - "Paxtakor" (O'zbekiston) 2:1

Gollar: Uesli Sneyder (penalti), Diogo Amado - Jasur Hakimov 

"Paxtakor" bosh murabbiyi - SHota Arveladze


2019. Ar Riyod. "SHahzoda Faysal bin Fahd" stadioni

"Al Nassr" (S.Arabistoni) - AGMK (O'zbekiston) 4:0

Gollar: Omar Xavsavi, Sulton Al Gannam, Juliano de Paula (2ta). 

AGMK bosh murabbiyi - Mirjalol Qosimov


2020. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni

"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston) 0:1

Gol: Alisher Jalilov

"Lokomotiv" bosh murabbiyi - Andrey Fyodorov


2020. Al Ayn. "Hazza bin Zayed" stadioni

"Al Ayn" (BAA) - "Bunyodkor" (O'zbekiston) 1:0 

Gol: Juma Saeed

"Bunyodkor" bosh murabbiyi - Vadim Abramov


AGMK 2019 yil ham OCHL guruhga chiqishga harakat qilib ko'rgandi, biroq Saudiya Arabistonida o'tkazilgan bahsda "Al Nassr"ga yirik 0:4 hisobida mag'lub bo'lgan. 

Aslida olganda klublarimiz 2012 yildan beri bitta yoki ikkita o'yindan iborat OCHL pley-off bosqichida ishtirok etib kelishyapti. 2012 yil dastlab "Neftchi" salbiy natija qayd etgandi. 2013-2014 yillarda "Lokomotiv" ketma-ket ikki bor pley-offdan o'ta olmagan. 2014 yil shuningdek, "Nasaf" safardan mag'lub bo'lib qaytgandi. 

Faqat 2015 yilga kelib "Bunyodkor" noxush ananaga barham bergan va o'z maydonida "Al Jazira"ni mag'lub etib guruhga yo'l olgan. Mana endi oradan vaqt o'tib Mirjalol Qosimov o'z jamoasini guruh bosqichiga olib chiqqan to'rtinchi murabbiy bo'ldi.

Qizig'i shundaki, safarda "Al Garafa"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan AGMK "A" guruhiga to'rtinchi jamoa bo'lib qo'shildi. Guruh uchrashuvlari 15-30 aprel oralig'ida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodda bo'lib o'tadi.


"A" guruhi (mezbon shahar - Ar Riyod)

"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)

"SHabab Al Ahli" (BAA)

"Istiqlol" (Tojikiston)

AGMK (O'zbekiston)


1-tur. 15 aprel. "SHahzoda Faysal bin Fahd stadioni"

00:00. "Al-Hilol" – AGMK

2-tur. 18 aprel. "Qirol Fahd Xalqaro stadioni".

00:00. AGMK – "Istiqlol"

3-tur. 21 aprel. "Qirol Fahd Xalqaro stadioni".

00:00. AGMK – "SHabab Al Ahli"

4-tur. 24 aprel. "Qirol Fahd Xalqaro stadioni"

00:00. "SHabab Al Ahli" – AGMK

5-tur. 27 aprel. "SHahzoda Faysal bin Fahd stadioni"

00:00. AGMK – "Al-Hilol"

6-tur. 30 aprel. "Qirol Fahd Xalqaro stadioni"

00:00. "Istiqlol" – AGMK

Izoh: Guruhdagi barcha o'yinlar Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика