So’nggi yangiliklar

20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  8 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  6 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1

Qo'shni mamlakatlarning chempionatlarida nima gaplar? Yangiliklar

Qo'shni mamlakatlarning chempionatlarida nima gaplar?

Xabaringiz bor, O'zbekiston chempionatining birinchi davra uchrashuvlari yakunlandi.

Joriy yilgi mavsum, harqalay, avvalgilariga nisbatan shiddatli va qiziqarli kurashlarga boy bo'lmoqda. Poytaxt klublarining g'alabalariga ko'nikib qolgan bir paytda boshqa jamoalar ham ularga etarlicha boshog'riq bo'lmoqda. Klublarimizning xalqaro maydonlardagi ishtiroki ham hozircha yomon emas. Xo'sh, qo'shni mamlakatlarning chempionatlari qay tarzda bo'lib o'tmoqda? Keling, nazar tashlaymiz.


Qozog'iston chempionati

 

Qozog'iston chempionatida ham bizdagi sinagari 14 ta klub ishtirok etadi. Mamlakat chempioni Evropa CHempionlar ligasi saralash bosqichida ishtirok etsa, bizdagi malumotlarga ko'ra, Evropa Konferencyalar ligasi saralash bosqichida 3 ta klub qatnashadi. Amaldagi chempion "Tobol" klubi sanaladi. Ushbu klubda O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev to'p tepadi. Jamoa ECHLning 1-saralash bosqichidan ishtirokini boshlaydi. Ayni paytda 16-turdan so'ng turnir jadvalida "Aktobe" klubi peshqadamlik qilmoqda. "Tobol" esa bir ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda. 

Musobaqa to'purarlari ro'yxatida "Atirau"ning 25 yoshli xorvatiyalik hujumchisi Andriya Filipovich 9 gol bilan etakchilik qilmoqda. Filipovich 18 yoshida "Yuventus" yoshlari tarkibida malum muddat ijara asosida harakat qilgan, shuningdek, Xorvatiya U-19 jamoasi tarkibida 3ta uchrashuv o'tkazgan. Sergeev esa 6 gol bilan peshqadamlarni taqib qilishda davom etmoqda.


Turkmaniston yuqori ligasi

 

Turkmaniston yuqori elitasida atigi 8 jamoa ishtirok etadi. Musobaqa g'olibi Osiyo CHempionlar ligasi yo'llanmani qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rin egasi esa OFK kubogi saralash bosqichida ishtirok etadi. "Altin Asir" amaldagi chempion bo'lishiga qaramay, OFK licenziyasini olomagani sababli OFK kubogida ishtirok etdi. Ularning o'rniga vice-chempion "Axal" OCHLning "S" guruhida qatnashib, 4 ochko bilan so'nggi pog'onadan joy oldi. "Altin Asir" klubi futbolchisi o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, 35ta gol bilan chempionat to'purariga aylangan. Ikkinchi o'rindagi futbolchi esa 16 gol urgan. "Altin Asir" klubining "So'g'diyona"ga qarshi o'yinini kuzatgan bo'lsangiz kerak, albatta. Ayni damda ham "Altin Asir" chempionatda 34 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Axal" esa ularni quvib o'tishga harakat qilmoqda.


Tojikiston Oliy ligasi


 

Qo'shni Tojikistonda 10 ta klub chempionlik uchun raqobatlashadi. Peshqadamlikni qo'lga kiritgan jamoa Osiyo CHempionlar ligasiga yo'llanma olsa, yana ikki klub OFK kubogida ishtirok etadi. 10 turdan so'ng "Xatlon" klubi peshqadamlik qilmoqda. "So'g'diyona" bilan OFK kubogida bir guruhdan joy olgan CSKA klubi 3-o'rinda bormoqda. Mamlakatning amaldagi chempioni Dushanbening "Istiqlol" klubi sanaladi, ular ketma-ket 8 mavsumdan beri bosh sovrinni o'ziniki qilmoqda. 

Musobaqa to'purarlari ro'yxatida "Esxata" forvardi Dilshod Bozorov oldinda bormoqda, uning hisobida 6 gol mujassam. Uning jamoadoshi, o'zbekistonlik futbolchi Sanjar Rihsiboev hisobida esa 4 ta gol bor. Maumot uchun, chap qanot vingeri bo'lgan 28 yoshli Rihsiboev "Obod", AGMK, "Mashal", "Bunyodkor" klublarida to'p tepgan. SHuningdek, "Dinamo"dagi o'yinlari bilan tanilgan Amirjon Safarov va Superliganing bir necha klublarida (oxirgisi "Turon") o'ynagan Otabek Zokirov ham qo'shni mintaqa chempionatida faol harakat qilmoqda.

Osiyo CHempionlar ligasining joriy mavsumida "Istiqlol" "A" guruhida ishtirok etib, 3 ochko bilan so'nggi pog'anani egallab, musobaqa bilan xayrlashdi.


Qirg'iziston Premer-ligasi

 

Qirg'iziston chempionatida ham 10 ta jamoa ishtirok etadi, biroq chempion bo'lgan klub Osiyo CHempionatida ishtirok etolmaydi. Turnir g'olibi OFK kubogiga yo'l oladi, yana bir o'rin sohibi esa OFK kubogi saralashida o'z omadini sinab ko'radi. "Dordoy" mamlakatning amaldagi chempioni sanaladi. Biroq joriy yil jamoaning ishlari ko'ngildagidek emas. "Abdish-Ata" ushbu mavsum etakchilikni qo'lga olgan. 17-tur o'tganiga qaramay, eng ko'p uchrashuv jamoada 14ta bahs mavjud. "So'g'diyona" bilan OFK kubogida bir guruhdan joy olgan "Neftchi" klubi 5-o'rinda bormoqda. To'purarlar ro'yxatida "Alay" hujumchisi Ostrovskiy 5 gol bilan peshqadamlik qilmoqda.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика