So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  6 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

Qosh qo'yaman deb... Yangiliklar

Qosh qo'yaman deb...

Qarshining "Nasaf" klubi atrofida aylanayotgan gap-so'zlardan muxlislarning xabari bor.

Kecha saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov "Nasaf" - "Navbahor" bahsi arafasida yuzaga kelgan holat yuzasidan kichik jurnalistik surishtiruv o'tkazib maqola yozdi. Gap shundaki, 8 iyul kuni bo'lib o'tgan Superliganing 16-tur doirasidagi "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvi boshlanishiga taxminan ikki-uch soat vaqt qolgan paytda "Nasaf" PFK sport direktoriga PFL xodimi tomonidan qo'ng'iroq bo'lgan va "Nasaf"ning uch futbolchisi (Maqsud Karimov, Umar Eshmurodov, Islom Rashidxonov) normativ-testlarni yaxshi bahoga topshira olmagani uchun "Navbahor" bilan o'yinga maydonga tusha olmasligi aytilgan. 

Tabiiyki bu xabar tezda jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievga etkazilgan va murabbiyning bundan sarosimaga tushib qolgan bo'lishi aniq. CHunki har uchala futbolchi ham asosiy tarkibdagilar ro'yxatiga kiritilgandi. Odatda murabbiylar o'yin kuni tushga yaqin jamoa futbolchilarini yig'ib asosiy tarkibni malum qilishadi. Bu ko'pincha tushlikdan oldin ro'y beradi. SHundan so'ng hamma tushlik qilgani yo'l oladi va ovqatlanib bo'lgach, asosiy tarkib azolari shunga qarab o'zlarini o'yinga tayyorlashadi. Har holda ko'p jamoalarda shunday. 

Demak, o'yinga ikki-uch soat vaqt qolganida kimlar asosiy tarkibda o'ynashi-yu, kimlar zaxirada qolishini futbolchilar bilgan. Lekin PFL tomonidan bo'lgan qo'ng'iroq hammani esankiratib qo'ygan. Malumki, "Nasaf"ning shundoq ham muammolari etarli. Jamoada pul yo'qligidan barcha to'rt nafar legionerga javob berib yuborishga majbur bo'ldi. CHeran "Paxtakor"ga, Golban "Navbahor"ga o'tib ketdi. Jahongir Aliev bilan Slavko Lukich esa klubni tark etishdi. Agar pul bo'lganida, bu o'yinchilar tarkibda qolardi, to'g'rimi?

Mayli bu endi boshqa masala. Kecha SHahboz Beg'amov "Nasaf" - "Navbahor" o'yinidan oldin sodir bo'lgan vaziyat: Kim aybdor?" nomli maqolasida vaziyatga oydinlik kiritishga urindi. U "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev, klub sport direktori Nikolay Minchev hamda PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaevlar bilan bog'lanib ushbu voqea yuzasidan maqola chop etdi. SHundan so'ng kechki payt Diyor Imomxo'jaev ham bunga javoban maqola yozib, u ham vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qildi.

Ana endi do'ppini boshdan olib bir o'ylab ko'ramiz. Bu masala bo'yicha kim haq? Diyor Imomxo'jaev aytganidek, Reglamentda normativ-testlarni topshira olmagan futbolchining maydonga tushishiga ruxsat yo'qligi darhaqiqat yozib qo'yilgan. Bunga etirozimiz yo'q. Lekin PFL ana reglamentda bor-ku deyish bilan cheklanib qolmasligi kerak. Misol uchun Osiyo chempionlar ligasida ikkita sariq kartochka olgan futbolchining keyingi turni o'tkazib yuborishini hammamiz bilamiz. SHunga qaramay, OCHL o'yinidan bir kun oldin o'tkaziladigan mitingda uchrashuv komissari falonchi jamoada ikkita sariq kartochka olgan futbolchi bor, u ertaga o'ynay olmaydi deb rasman aytadi. 

Bizda ham bu yildan shunaqa mitinglar o'tkazish yo'lga qo'yildi. Lekin bu tadbirda nima masalalar ko'tarilishini bilmaymiz. Faqat o'zim eshitganim bazi shunaqa mitinglarda komissar kelib ikkala jamoa adminisratorlari futbolka ko'tarib rasmga tushsanglar bo'ldi, boshqa gapim yo'q deb ketishayotgan ekan. Yana bazilarining "Neksiya"ni bu oddiy mashina, menga to'g'ri kelmaydi deb kerilganiga nima deysiz. Xullas, "Nasaf" - "Navbahor" o'yinidan oldin bo'lib mitingda (agar o'tkazilgan bo'lsa) uchrashuv komissari Baxtiyor Namozov qo'lida dalil bilan "Nasaf"ni bu haqda rasman ogohlantirishi shart edi. Agar ogohlantirmagan bo'lsa, demak bu avvalo uning va PFLning xatosi bo'lgan.

Albatta, PFL ham o'zbek futboli rivojlansin degan maqsadda nimadir yangiliklarga qo'l uryapti. Bundan ko'z yumib bo'lmaydi. Tashkilotning harakat qilayotgani bor gap. Lekin qaysidir futbolchining maydonga tushmasligini telefon qo'ng'irog'i orqali aytish sira mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Undan ko'ra rasmiy xat yubor, klub elektron pochtasigami yoki faks orqalimi, mana shu professional ish bo'lardi. 

Bu o'rinda yana bir masala bor. Modomiki PFL klublardan shaffoflikni talab qilayotgan ekan, avvalo o'zi shu jabhada o'rnak bo'lishi kerak. Mana biz yil boshidan beri normativ deymiz. Aslida bu ham yangicha "Amerika kashf etish"ning bir turi. Istalgan joyda qaysi futbolchining qanday holatdaligini murabbiylar shtabi hal qiladi, PFL degan tashkilot emas. Murabbiylar o'zi biladi, kimdan qanday normativ olishni, chunki hech qaysi futbolchining fiziologiyasi bir xil emas. Murabbiy qo'l ostidagi futbolchilarni besh qo'ldek bilishi shart, axir natijaga u javobgar. Futbolchi yugurmayaptimi, to'pni to'g'ri tepmayaptimi, bu savollarga murabbiy javob bersin, nega PFL aralashadi?

Xo'p, normativ olinyapti ekan, lekin nima uchun PFL kim o'tgani-yu, kimlar o'ta olmaganini rasman aytmayapti? Imtihondan yiqilgan talabaning ism-familiyasi ko'rga hassadek elonlar taxtasiga yozib qo'yiladi, lekin normativdan o'ta olmagan futbolchilar sir saqlanadi. Ular nimadan yiqildi? Yuz metrga yugura olmaganmi yo uzunlikka sakray olmadimi? Ikkinchidan, futbolchi normativ topshira olmagani bilan uning o'yini murabbiyga maqul kelayotgan bo'lsa-chi? Ehtimol u sekin yugurar, lekin joy tanlash va to'pga aniq zarba berishda yaxshi bo'lsa-chi? Masalaning bu tomonlarini kim o'ylab ko'radi? Futbol - jamoaviy o'yin, bu erda hamma o'zining yo'lakchasida yuguradigan engil atletikachilar emas. 

Endi ikki og'iz Diyor Imomxo'jaev yozgan javob maqolasi haqida. Avvalo shuni aytish kerak, Diyor endilikda ko'pchiligimiz uchun rasmiy shaxs. Uning hozirgi lavozimidan kelib chiqsak har bir maqolaga javob yozayotganida yoki birorta vaziyatga oydinlik kiritsa avvalo rasmiy shaxs bo'lib javob berishi kerak. Uning maqolasi oxirida keltirilgan "Zero biz rahbariyatning yillar davomidagi beg'amligi oqibatlarini bartaraf etish bilan bandmiz, Beg'amov" degan gapini shaxsan men SHahbozning familiyasi ustidan kulish deb qabul qildim. CHunki bu erda "beg'amligi", "Beg'amov" so'zlarida so'z o'yini ketgan va bu bilan PFL bosh direktori maslahatchisi Beg'amov familiyasiga nisbatan istehzoli kulgan. Va bu haqoratdan ham oshib tushgan. (O'zbek tili grammatikasini biz ham o'qiganmiz va so'zlardan so'z o'yini yasash nimaligini juda yaxshi bilamiz).

Yana qaytarib aytaman, PFL o'zbek futboliga nimadir yangilik olib kirishga urinayotgani bor gap. Masalan, klublar futbolchilar oldida qarzdor bo'lib qolmasligi uchun Imomxo'jaev ko'p harakat qilyapti, buni inkor qila olmayman. Lekin o'z navbatida tashkilot xodimining qochirimli gap suqib maqola yozishini ham aslo hazm qilib bo'lmaydi. Bu birinchisi. Ikkinchisi, PFL rasmiy vakili "Nasaf" himoyachisi Maqsud Karimov hakamlarga nisbatan uch marta ko'p maosh olishi-yu, uning ko'tarma puli 9 xonali raqamni tashkil qilishini dunyoga doston qilishi shart emas. Bu umuman rasmiy xodimning vakolatiga kirmaydi. Qolaversa, futbolchiga qancha miqdorda bo'lsayam ko'tarma pulini klub homiysi bergan, agar PFLda birorta savol bo'lsa futbolchiga tegmasdan ana klub homiysiga borsin.

SHu o'rinda yana bir gapni aytib ketishni xohlardik, PFLning eng asosiy vazifasi musobaqalarni tashkil qilish va o'tkazish hisoblanadi. Yani, tashkilotning klublar ustidan hukmronlik qilishga yoki aql o'rgatishga umuman haqqi yo'q. PFL shunchaki jamoatchilik tashkiloti, hech qanaqasiga yuridik kuchga emas. Klublar esa MCHJ hisoblanadi. SHunday ekan, hamma o'z ishini bilib qilgani maqul. Qochirimli gaplarni aytish esa ko'proq jurnalistlarga yarashadi: ishqilib PFL qosh qo'yaman deb ko'z chiqarmasa bo'lgani.

X.Xoliqov.

Reyting: +132   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика