So’nggi yangiliklar

00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  0 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  0 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  6 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  11 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  229 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  9 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14

Qo'rqoq, Ispaniya... Yangiliklar

Qo'rqoq, Ispaniya...

Teglar :  JCH-2018Ispaniya
Bugun Xulen Lopetegi istefoga chiqarildi.

JCHga bir kun qolganida ispanlar qo'rqoqlik qilishdi, endi termaning omadli ishtirokiga kim kafolat beradi?

Ularning orasida shunday terma borki, ular yuqori darajadagi futbolchilari bilan kamchiliklarni yopib keta oladi. Ispaniya termasida kuchli futbolchilar juda ko'p, boshqalarda esa bunchalik darajada emasdek.

"Furiya Roxa" Lopetegi qo'l ostida Del Boske davriga qaraganda anchagina ayyorroq, tartibliroq, aqlliroq o'yin ko'rsatayotgandi. 6 yil oldingi Ispaniya termasi "Barselona" va "Real" futbolchilaridan tashkil topganligi bois hech qaysi raqibga imkoniyat bermayotgandi.

Del Boskening vazifasi - mo'jizakor avlodni yanada shakllantirish bo'lgandi. Oradan vaqt o'tib, kichik o'zgarishlar bo'ldi va termaning taktikalariga virus, avtobus topildi. Trend antitrendga aylandi va barchasi xavf ostida qoldi.

O'tgan vaqt davomida Ispaniya termasida anchagina o'zgarishlar amalga oshayotganini ko'rdik, biroq yomon tarafga emas. Jamoaning katta yutug'i - xilma-xillik. Jamoa poydevoridagi asosiy futbolchilar xar xil jamoalardan yig'ilgan va barchasining o'z vazifasi bor. David Silva va Andres Inesta kabi futbolchilar baribir uzun paslar orqali sheriklariga yordam berishadi. Hujum va himoyaga ham ulgurishadi.

Endi munidalga taran Diego Kosta ham boradi. Agarda bunga qadar Ispaniya faqatgina paslar orqali hujumlar uyushtirgan bo'lsa, endi havolatib to'p oshirishlari orqali ham gollar kiritishi mumkin. Kosta havodagi kurashlarda hech kimga imkoniyat bermaydi. Undan tashqari, Rodrigo va Yago Aspas ham bor, ularga vertikal to'p uzatishlari yoqadi, qarshi hujumlarga tezkorlik bilan o'tib keta olishadi.

Jamoa eskilik sarqitidan chiqib ketayotgan bir vaqtda Lopetegi ishdan ketdi. U termada Morata va Sesk kabi etakchilarsiz ham o'ynay olishini isbotlayotgandek edi.

Ispaniyaning yaxshi o'yinlari sababli raqiblar tez-tez ochiq zonalar tashlab ketishadi, futbolchilar himoyaga tezda qayta olishmaydi, qaytganlar ham ko'p ishni eplashmaydi. Ispanlar raqiblarning xatosini kutib o'ynamaydi va o'zlari chiroyli hujumlar uyushtirib, raqiblarini dovdiratib qo'ya olishadi. Lopetegi termaga g'oliblik ruhi, o'ziga ishonish kabi xususiyatlarni olib kirayotgandi.

Albatta, hozirgi zamonda chiroyli futbol o'rniga pragmatikani ustun qo'yishmoqda. Buni biz Zidan va Valverdeda ham ko'rdik. Biroq Lopetegining Ispaniyasi muxlislarga yoqadigan jangavorlikni xush ko'rayotgani ham termaning bir yutug'i bo'lganlir. U o'z ananalariga sodiqlikni saqlab qoldi, u biladiki, futbol sanati - boshqa sanatlardan ajralib turadi. U shogirdlarini ko'proq hujum qilishga, gollar urishga o'rgatdi.

Argentina termasiga urilgan 6 golning 5tasi esa Gvardiola emas, Mourino uslubida urildi. Ispanlar raqib jarima maydonchasi yaqinida to'pni olib qo'yishdi, kurashlarda g'olib bo'lishdi, uch to'p oshirishli paslar bilan gol urishdi. Bir golga De Xea assistentlik qildi. Bu esa futbol muxlislariga yoqadigan effekt berdi.

Ispaniyaning hozirgi tarkibining sirlari ochib tashlangan, buni yaxshi bilasiz. Silva va Inestadan boshqa futbolchilarni olib qarasak, Tyago Alkantara va Isko o'z jamoalaridan ko'ra Lopetegi qo'l ostida yorqinroq ko'rinishmoqda. SHuningdek, qora ishlarni qilib yuradigan Lukas Vaskes ham vaqti kelganida universallikni namoyish qilish xususiyatiga ega.

Bu termaning barcha futbolchilarning o'rniga boshqalarini tushirsa bo'ladi, faqatgina David De Xeani bundan istisno qilamiz. U hozirda dunyoning eng yaxshi posbonlaridan biri. Boshqa futbolchilarning o'rnini zaxiradagilar bosa olishadi. Hatto variantlar ham juda ko'p. Bu Ispaniyaning asosiy yutug'idir. Himoya va yarim himoya vaziyatni qaytarishga ojizlik qilganida De Xea termani goldan qutqarib qolgan vaziyatlari ko'p bo'lgan. SHuningdek, bu holatni uning klubida ham kuzatganmiz.

Balki De Xea termada "Yunayted"dagi kabi o'yin ko'rsata olmas. Unga APLda ko'proq ish tushadi va o'yinni boshqaradi, ko'proq zarbalar beriladi va ko'p bora qahramonga aylanadi. Ispaniyada esa zarba kamroq va shu boisdan u ritmdan biroz chiqib qolmoqda.

Bugun Ispaniya qo'rqoqlik qildi. Albatta, biz terma ichida qanday gaplar bo'lganini bilmaymiz. Ammo terma bosh murabbiyini JCHga bir kun qolganida istefoga chiqarishni ahmoqlik deb ayta olamiz. Xo'sh, endi Ispaniya jahon chempioni bo'larmikin...

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: -40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика