So’nggi yangiliklar

19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  0 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  0 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  12 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  6 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  27

Qo'qonliklarning yoqimtoyiga aylangan yigit yoxud Doniyor Usmonov bilan suhbat Yangiliklar

Qo'qonliklarning yoqimtoyiga aylangan yigit yoxud Doniyor Usmonov bilan suhbat

Oliy liga yo'llanmasini rasmiylashtirgan “Qo'qon-1912” ikkinchi bosqich arafasida o'z tarkibiga Doniyor Usmonovni qo'shib oldi.
SHunda ko'pchilik muxlislar bu transferga shunchaki qaradi xolos. 20 yoshli hujumchi qisqa fursat ichida “Qo'qon-1912”ning o'yiniga moslashib keta oldi va bugungi kunda mahalliy muxlislarning yoqimtoyiga aylandi. Huquqiy jihatdan Toshkentning “Lokomotiv” klubiga tegishli bo'lgan futbolchini kelasi yil ham qo'qonliklar o'z safida ko'rishni istamoqda. Bu bejiz emas albatta. Boisi Usmonov ikkinchi bosqich to'purari bo'lishga juda yaqin turibdi. Ortda qolgan 14ta o'yinda Doniyor o'z hisobiga 15ta gol yozdirib qo'yishga erishdi.

Yaqinda Qo'qonga qilgan safarimiz chog'ida iqtidorli futbolchi bilan uchrashib, tanishdik.  Quyida u bilan o'tkazgan suhbatimizni o'qishingiz mumkin.   



- Doniyor, avvalambor “Qo'qon-1912” tarkibida qanday paydo bo'lganingizni aytib bersangiz. Bu bizningcha bosh murabbiy bilan bog'liq xolat bo'lsa kerak. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Ha. Taklif Rustam Abdullaevdan bo'lgandi. U kishi bilan xabaringiz bo'lsa, ilgari “Lokomotiv”da birga ishlaganmiz. Imkoniyatlarimni yaxshi bilardi. SHuning uchun menga taklif bilan chiqdi. O'zaro kelishuvga ko'ra, mavsum so'nggiga qadar ijarada o'ynaydigan bo'ldim.  

- Ko'pincha futbolchilar jamoasini o'zgartirsa, avvalgidek o'ynab ketishi qiyin kechadi. Sizda bu holat aksincha yuz berdi. SHu bois “Qo'qon-1912”ga kelib adashamadim deb hisoblaysizmi?
- Albatta, Qo'qon jamoasiga kelib xato qilmadim. O'yinimda o'sish bo'ldi, menimcha. Lekin “Loko”da ham ishlarim yomon emasdi. U erda yaratib berilgan sharoitlar ham yuqori darajada bo'lgan. Qo'qonda esa muxlislarning qo'llab-quvvatlashi menga huzur bag'ishlaydi. Ularni xursand qilish uchun gol urishga intilaman. Ishqibozlar esa tinimsiz dalda bo'lyapti. Bu esa menga ishonch bag'ishlaydi. Futbolchi uchun muhimi ham shu bo'lsa kerak.

- Deyarli har bir o'yinni golsiz tark etmayapsiz. Aytingchi bunga qanday erishmoqdasiz?
- To'g'risini aytsam, har bir o'yinda gol urishni maqsad qilaman. Imkon qadar to'purarlar ro'yxatidan o'rin olishga intilaman. Bu orqali esa oliy liga klublarida qiziqish uyg'otishni istayman. Aslida hujumchini urgan gollari tanitadi. Vazifasi ham gol urishdir.

- Birinchi ligada ilk bor o'ynamoqdasiz. Bu sizga qanday tuyulmoqda?
- Ha, bungacha asosan yoshlar ligasida o'ynaganman. Birinchi ligada o'ynash esa qiziqarli ekan. Qolaversa bu erda jamoa oldiga aniq maqsad qo'yilgan. Uni bajarish uchun har bir o'yinga yuqori dajarada tayyorgarlik bo'ladi. Jamoalar saviyasi ham birmuncha balanddek ko'rinadi. 

- Qisqa fursat ichida yangi jamoangizga bunchalik ijobiy moslashib ketishingizning siri nimada?
- Bu borada avvalo jamoadagi futbolchilar o'rtasidagi ahillikni aytgan bo'lardim. Hamma bir-birga yordam beradi. To'g'risi o'zim ham bunchalik tez ko'nikib ketishimni kutmagandim. 

- Bu borada sizga ko'proq kim yoki nima yordam bermoqda?
- Bosh murabbiy kerakli maslahatlarni berib turadi. Futbolchilar orasida ko'pincha Anvar Rahimov menga yo'l-yo'riq ko'rsatadi. Umuman aytganda klubda barcha futbolchilar bilan munosabatim alo darajada.



- Qator gollar urishingizda ko'proq qaysi jamoadoshlaringizni hissasi katta bo'lyapti?
- Bu borada yaqqol bir futbolchini nomini aytish qiyin. Klub manfaatidan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, golni kim urishi muhim emas. Asosiysi jamoa g'alaba qozonsa bo'lgani. Men ko'pincha markaziy va qanot yarim himoyachilarining ajoyib pas uzatishlaridan so'ng gollar uryapman. Lekin hamma qo'llab-quvvatlamoqda. Buning uchun barchaga minnatdorchilik bildirib qolaman.

- Jamoa keyingi yil oliy ligada o'ynaydigan bo'ldi. Qo'qonliklar kelasi mavsum ham sizni jamoada ko'rishni istamoqda. O'zingiz qanday yo'l tutmoqchisiz? Bu borada homaki rejalar bo'lsa kerak?
- Keyingi mavsum qaerda o'ynashimni rahbarlar hal qiladi. O'zimga qolsa “Qo'qon-1912”da qolib, yana shu erda o'ynamoqchiman. Agarda “Loko”ga qaytib yana yoshlar ligasida o'ynasam, o'smay qolishim aniq. SHuning uchun “Qo'qon-1912”da qolishni istardim. Lekin bu mening qo'limda emas.

- Sizningcha shu kungacha qaysi o'yin jamoangiz uchun qiyin kechdi?
- Oson uchrashuvlar yo'q. Hamma o'yin qiyin bo'lyapti. Eng qiziqarli va murakkab o'tgan uchrashuv deb esa “SHo'rtan” bilan safarda va uyda o'tkazgan bahsimizni aytgan bo'lardim. Qolaversa “Mashal-2”ga qarshi uchrashuv ham juda murakkab kechdi.

- SHu kungacha 15ta gol urdingiz. Mavsum so'nggiga qadar qanday ko'rsatkich qilmoqchisiz?
- Hammasi Yaratgandan. Tabiiyki qolgan ikki uchrashuvda ham o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman. Lekin yana kamida 2ta gol ursam yomon bo'lmasdi.

- Ko'pchilik sizni qo'qonlik yigit deb biladi. SHunga aniqlik kiritib o'tsangiz?
- Otam qo'qlonlik. Keyinchalik poytaxtga ko'chib ketib o'sha erda turmush qurgan. Men Toshkentda tug'ilganman. Bu erda qarindoshlarimiz ko'p. Ular meni mehmonga taklif etib turishadi. SHuning uchun Qo'qonda ham o'zimni yaxshi his qilyapman.



- “Loko” tarkibiga qachon borib qolgansiz?
- Jamoa oliy ligaga chiqqan yili yoshlar jamoasiga qabul qilinganman.

- Amaldagi shartnomangiz qachon o'z kuchini yo'qotadi?
- Yana uch yil qoldi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика