So’nggi yangiliklar

22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  0 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  208 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  7 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  2 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9 18:16Асрор Алиқулов: "Биринчи бўлимда бизга иккинчи бўлимдаги каби шижоат етишмади"  0 18:00БАА - Ўзбекистон учрашувини катта экранда томоша қилишни истаганлар диққатига!   12 17:54Ўзбекистон Суперкубоги-2025. "Бунёдкор" стадиони учрашувга шай ҳолатда  2 17:20Саудия Арабистонида спиртли ичимликлар: 2034 йилги ЖЧда сайёҳлар учун истисно бўлиши мумкин  10

Qo'qonga katta futbol qaytmoqda yoxud: "Qo'qon-1912" - "SHo'rtan" 2:1 Yangiliklar

Qo'qonga katta futbol qaytmoqda yoxud: "Qo'qon-1912" - "SHo'rtan" 2:1

Birinchi liganing 13-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "SHo'rtan" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
“Qo'qon-1912” – “SHo'rtan” 2:1 (1:1).

Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon), R. G'opurov (Namangan), A. Marajabov (Andijon)
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand)

GOL: Viktor Klishin, 34. Doniyor Usmonov, 44. Otabek Haydarov, 57.

Ogohlantirishlar: Maruf Zokirjonov, 23. Otabek Haydarov, 38. Doniyor Usmonov, 64

“Qo'qon-1912”: 1.Aziz Ashurov, 3.Xasanboy Ergashev, 5.Xurshid Uzoqboev (S) ( 18.Aleksandr Kritinin, 72), 6.Bahodir Akramov, 7.Po'lat Qirg'izov ( 17.Aziz To'xtaboev, 58), 10.Otabek Haydarov, 11.Anvar Rahimov, 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 15. Maruf Zokirjonov, 21.Doniyor Usmonov, 77.Bahrom Yuldashev.

Zaxira: 16.Andrey Baklanov, 4.Rahmatullo Meliboev, 8.Nodir Qo'ziboev, 9.Muhammadanas Hasanov, 25.Jalil Kimsanov.

“SHo'rtan”: 1.Eldor Tojiboev (79.Roman Abdulov, 46), 5.Qahramon Muhammadjonov, 7.Olim Karimov, 8.Durbek Kamolov, 10.Viktor Klishin ( 17.G'ulom Rahmonov, 46), 13.Arayk Boboev, 18.Jamshid Hoshimov, 19.SHahzod Mannonov, 20.Yusuf Bo'riev (16.Elyor Intizomov, 46), 22.G'ulomhaydar G'ulomov (4.Murod To'ychiboev, 62), 44.SHavkat Nasibullaev (S).

Zaxira: 11.Islom Karimov, 15.Husniddin G'ofurov, 21.Zohid Raupov.

 
                               MATNLI TRANSLYACIYA
                                         YANGILASH

Qo'qonliklar oliy liga sari katta qadam tashlashdi.

* Etiboringiz uchun tashakkur!

* Uchrashuv yakunlandi. SHu tariqa mezbonlar g'alaba qozondi.

* Zaxiradan tushishga shaylanayotgan Jalil Kimsanov maydonga tushishga ulgurmay qoldi.

* 90+1. Otabek Haydarov o'rniga Nodir Qo'ziboev tushdi. 

* Ikkinchi bo'lim to'xtalishlari uchun bosh hakam 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

* SHu bois qo'qonliklarning elita yo'llanmasini rasman qo'lga kiritishi keyingi turga qoladigan bo'ldi. 

* Turnir jadvalida "Qo'qon-1912"ni ketidan taqib etib kelayotgan "Obod" bugun o'z maydonida "Mashal-2"ni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi.  


* 87. Aziz To'xtaboev to'pni egallab olib shu zahoti chap qanotdagi sherigi Hasanovga uzatdi. Biroq tajribali himoyachi SHavkat Nasibullaev raqibidan ildamroq harakat qildi va havfni bartaraf etdi. 

* Uchrashuv oxirlab bormoqda. Mehmonlar hujumga zo'r bermoqda.


* 85. Bosh hakam Temur To'xtasinov kutilmaganda xushtak chalib o'yinni to'xtatdi. Durbek Kamolov o'zini noqulay xis etayotgani tufayli uni maydon chetiga chiqqan xolda tibbiy yordam olishini ko'rsatdi.


* 81. Avazxon Mamatxo'jaev o'z o'rnini Muhammadanas Hasanovga bo'shatib berdi.


* 80. Xavfli vaziiyayayatt!!! Otabek Haydarov! Jarima maydoni ichida Abdulovni ustidan oshirib to'pni darvozaga joylab qo'ymoqchi bo'ldi. Biroz yuqoridan ketdi.

* 77. Kezi kelganda aytish mumkinki. Ushbu jamoalarning birinchi davradagi bahsida "SHo'rtan" 1:0 hisobida zafar quchgandi. 


* 75. Jamshid Hoshimov o'ng qanotdan katta tezlikda oldinga tashlandi. Raqibini aldab o'tib, darvoza tomon chap oyoqda zarba yo'lladi. To'p esa to'sin ustidan o'tib ketdi. 

* 73. Qolgan daqiqalarda Aziz To'xtaboev sardorlik vazifasini bajaradigan bo'ldi.

* 72. Mezbonlar tarkibida o'zgarish qilinmoqda. Xurshid Uzoqboev o'rniga Aleksandr Kritinin maydonga chiqdi. 

* 71. Maruf Zokirjonovning chap qanotdan havolatib uzatgan to'pini Haydarov darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Lekin to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.

* 64. Ogohlantirish: Usmonov! Mehmonlar hujumga o'tayotganida Doniyor to'pni qo'li bilan to'xtatib qoldi.

* 62. Mehmonlar tarkibida navbatdagi o'zgarish. G'ulomhaydar G'ulomov o'rniga Murod To'ychiboev tushdi.

* Mezbonlar ikkinchi bo'limda hujumga zo'r bermoqda. "SHo'rtan" esa asosan himoyalanmoqda.

* 58. "Qo'qon-1912" tarkibida ham o'zgarish amalga oshirilmoqda. Po'lat Qirg'izov o'rniga, Aziz To'xtaboev tushmoqda.

* Jarima maydoni ichida Usmonovning to'p oshirishidan so'ng Otabek Haydarov o'zining aniq zarbasi bilan jamoasining ikkinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi. 

* 57. GOOOOLLL. Mezbonlar hisobda oldinga chiqib oldi.

* 54. "SHo'rtan" tarkibida o'zgarish. Olim Karimov o'rniga Islom Karimov tushirildi. 


* 53. Bahodir Akramov chap qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi. Usmonovning bosh bilan yo'llagan zarbasi ustun yonginasidan o'tib ketdi.

* ZARBAAA! Po'lat Qirg'izov qarshisidagi raqibini aldab o'tib, darvoza tomon zarba yo'lladi. To'p himoyachiga tegib qaytdi.

* "Qo'qon-1912" bugun qanday bo'lmasin g'alaba qozonishi kerak. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar ham shuni talab etmoqda.

* Ikkinchi bo'lim mezbonlarning xavfli hujumi bilan boshlandi. Otabek Haydarovning zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi.

* Tojiboev, Bo'riev va Klishin maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Abdulov, Intizmov va Rahmonov tushirildi.

* "SHo'rtan" tarkibida o'zgarishlar yuz berdi. 

* Diqqat! Ikkinchi taymga start berildi!

* Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida.

* Tanaffus vaqtida "Qo'qon-1912"ning oldingi turdagi o'yinidan lavhalar berib borilmoqda.

* Qo'qondagi "Markaziy" stadionda zamonaviy elektron tablosi ishga tushganini ko'rish mumkin.

* Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! 

* SHu kungacha Usmonov o'z hisobiga 14ta gol yozdirib qo'yishga erishdi. 

* Aytish kerakki, 20 yoshli Doniyor Usmonov ikkinchi bosqichda jamoa safiga kelib, to'purarlik mahoratini yaqqol namoyon etib kelmoqda.

* Po'lat Qirg'izov to'p bilan oldinga tashlanib, jarima maydoni ichida to'pni Haydarovga uzatdi. Otabekning yo'llagan to'pini Doniyor Usmonov darvozaga to'g'rilab yubordi.

* 44. GOOOOLLL. Hisob tenglashtirildi!


* 40. "SHo'rtan" bugun safardan quruq qaytmochi emas. 

* 37. Havfli vaziyayattt! Mezbonlarning hujumi xavfli tus oldi. Usmonovning zarbasini "SHo'rtan" posboni arang qaytarishga erishdi. Qaytgan to'pga Otabek Haydarov zarba berdi. Bu safar to'p to'singa tegib qaytdi. 

* 34. GOOOLL. Viktor Klishin o'zining aniq zarbasi bilan uchrashuvda hisobni ochishga erishdi.

* 31. Doniyor Usmonov jarima maydoni ichiga yorib kirib, darvoza tomon zarba yo'lladi. Tojiboev o'z o'rnida.
 
* Birinchi bo'limning dastlabki 30 daqiqasi teng kurashlar ostida o'tdi. 





* Zudlik bilan sizlarni jamoalar tarkibi bilan tanishtirib o'tamiz. 

* Qo'qondagi mazkur uchrashuv rejadagidek 16:00da emas, balki 15:45da start oldi.
 
* Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика