So’nggi yangiliklar

11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  0 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  2 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  2 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  4 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  11 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  6 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  8

Qo'qonda 4 yosh toifasida "Ishonch kubogi" o'tkazildi Yangiliklar

Qo'qonda 4 yosh toifasida "Ishonch kubogi" o'tkazildi

2023 yil 3 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Futbol-talim muassasalari tarmog'ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi [PQ-355-sonli] qarori qabul qilindi.

Hukumatning mazkur Qarori ijrosini taminlash maqsadida joylarda bir qator tadbirlar, musobaqalar tashkil etilmoqda. Ana shundaylardan biri o'zbek futboli vatani Qo'qon shahrida uyushtirildi. Bo'lib o'tgan “Ishonch Kubogi 2023” xalqaro turnirida Tojikiston Respublikasi (Xo'jand viloyati “Bo'ston” jamoasi), Toshkent shahri, vodiy viloyatlari hamda boshqa mintaqalardan tashrif buyurgan 2012, 2013, 2014, 2015 va 2016 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat jami 24ta jamoa g'oliblik uchun o'zaro kurash olib bordi. “Ahmadxon” sport majmuasida yuqori saviyada bo'lib o'tgan bellashuvlarda barcha yosh toifalari bo'yicha g'oliblar nomi aniqlandi. Musobaqa tashkilotlari tomonidan tasis qilingan medallar, diplomlar, esdalik sovg'alari sovrindorlar va turnirning “eng yaxshilari”ga tantanali ravishda topshirildi.

Yosh toifalari bo'yicha sovrindorlar quyidagicha ko'rinish oldi: 

"Ishonch Kubogi-2023" 

2015-2016 yillar

1. "Nasaf" filial

2. "Turon"

3. "Bo'ston" (Tojikiston Respublikasi)

2014 yillar

1. "Ahmadxon"

2. "Bunyodkor"

3. "Navbahor Umid"

2013 yillar

1. "Navbahor Umid"

2. "Bog'dod"

3. "Ahmadxon"

2012 yillar

1. "Ahmadxon"

2.Toshkent viloyati futbol akademiyasi

3. Farg'ona futbol akademiyasi 

3. "Turon"(Yaypan)


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика