So’nggi yangiliklar

08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  6 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20

“Qo'qon-1912”ning yig'ini yakuniga etdi Yangiliklar

“Qo'qon-1912”ning yig'ini yakuniga etdi

Oliy liga debyutanti “Qo'qon-1912” 20 dekabr kuni tayyorgarlik bosqichining birinchi qismini boshlab yuborgandi.
SHanba kuni Qo'qonga borib, jamoa lagerida bo'lib qaytdik. Tushlikdan so'ng soat 16:00da boshlangan mashg'ulotni kuzatdik. Stadionga borganimizda ko'plab muxlislarga ko'zimiz tushdi. Mashg'ulot jarayonini kuzatish maqsadida ashaddiy ishqibozlar stadionga kelmoqda. Lekin bunga oddiy xol sifatida qaradik. CHunki bu kabi xolatlarga Andijon, Namangan va Farg'onada ham ko'p duch kelamiz. Qo'qonlik muxlislar yaxshi kutib oldi va o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qila boshlashdi. Darvoqe, yaqinda jamoaning muxlislar klubi ishga tushdi. Unga bosh qosh bo'layotgan Qahramonjon Isroilov bilan ham ko'rishib, yaqindan tanishdik va o'zaro suhbat qurdik. Suhbatni keyinroq hukmingizga havola etamiz.  

“Qo'qon-1912” tarkibida hozircha asosan mahalliy futbolchilar ekanligini ko'rish mumkin. Taniqli nomlar yanvar oyidagi yig'inga kelib qo'shilishi kutilmoqda. Buning uchun bir qator o'yinchilar bilan muzokara o'tkazilmoqda.
Rustam Abdullaevning aytishicha, mazkur yig'in davomida asosan vodiylik o'yinchilarni ko'zdan kechirish edi. Joriy mavsum “Neftchi” yoshlar jamoasida kumush medalni qo'lga kiritgan SHoxruh Xolmatov ham qo'qonliklarning mashg'ulotlarida ishtirok etdi. Mashg'ulotlarni kuzatish jarayonida darvozabonlardan birgina Aziz Ashurovga ko'zimiz tushdi. Andrey Baklanov malum sabablarga ko'ra, jamoada emas. Lekin u yana qaytadi. “Alanga”dan kelgan Azamat Ahmedovni esa uchratmadik.

Bosh murabbiyga mashg'ulo paytida Aram Ananyan, Muhsin Nizomidinov va Muhammad Inog'omov ko'maklashayotganini ko'rdik. Bundan tashqari taniqli murabbiy Dilshod Nuralievning ham kelishi kutilmoqda.
Kecha ertalab jamoa mashg'ulot o'tkazib bo'lganidan so'ng yangi yil bayrami munosabati bilan futbolchilar va ishchi xodimlar sharafiga ziyot dasturxoni yozildi. SHu tariqa jamoa qisqa muddatli tatilga chiqdi.

Ikkinchi yig'in yanvar oyining 3-4 sanasidan boshlanishi ko'zda tutilgan.

Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика