So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

Qo'qon-1912ning irodali g'alabasi Yangiliklar

Qo'qon-1912ning irodali g'alabasi

Qo'qon-1912 – Buxoro uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
17:00 - Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Buxoro (Buxoro) 2:1
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi:
I. Nexochin (Namangan).
Gollar: Orif Mamajonov, 60. (pas Sardor Eminov). Dilyaver Abibullaev, 66. Aziz To'xtaboev, 78.

“Qo'qon-1912”:
16.Andrey Baklanov (S), 5.Jalil Kimsanov, 8.Nodirbek Qo'ziboev (17.Aziz To'xtaboev, 61), 10.Quvondiq Ro'ziev, 18.Sardor Eminov, 19.Vladimir Argun, 22.Orif Mamadjonov, 23.Furqat Hasanboev (11.Doniyor Usmonov, 46), 24.Ilya Ilin, 28.Aleksey Nikolaev, 29.Igor Golban.
Zaxira:
12.Aziz Ashurov, 3.Hasanboy Ergashev, 7.Izzat G'aniev, 9.Nosir Otaqo'ziev, 15.Maruf Zokirjonov.

“Buxoro”:
12.Aleksandr Korneychuk, 3.Saidkomil Akbarov, 4.Hasan Asqarov, 5.Vadim Kravchesku, 7.Suhrob Nematov (10.Zayniddin Tojiev, 85), 8.Vitaliy Plamadela, 14.Vyacheslav Ponomaryov, 16.Jamshid Hasanov (11.Otabek Isroilov, 84), 19.Jamoliddin Ubaydullaev, 23.Bogdan Xaushi, 30.Ahror Umarjonov (18.Dilyaver Abibullaev, 55).
Zaxira:
21.Farruh Turdaliev, 6.Evgeniy Kochnev, 15.Ravshan Aslanov,  20.Islom Xoliqov.

                                   MATNLI TRANSLYACIYA
                                             
YANGILASH



90+3.  Uchrashuv yakunlandi. SHu tariqa qo'qonliklar o'z maydonida muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

90+2. Mezbonlar xotirjam harakat qilmoqda. "Buxoro" futbolchilari esa aksincha.

90. Olimjon Tolibjonov ikkinchi bo'lim to'xtalishlari uchun 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

90. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Ilyan Ilin. 


88. Eminov chap qanotdan erlatib jarima maydoni ichiga to'p uzatdi. Otaqo'ziev esa darvozani ishg'ol etdi. Lekin qanot hakami o'yindan tashqari xolatni qayd etdi.


87. Vadim Kravcheskuning chap oyoqda yo'llagan zarbasidan so'ng to'p ustun oldidan o'tib ketdi. 


84. Yana o'zgarish. Jamshid Hasanov o'rniga esa Otabek Isroilov tushdi.

83. O'zgarish. "Buxoro". Suhrob Nematov o'rniga Zayniddin Tojiev tushdi. 


80.
"Buxoro" bosh murabbiyi Mochinov zaxiradan ikki nafar hujumchini yoniga chaqirmoqda.

79. Ogohlantirish. "Buxoro". Jamoliddin Ubaydullaev.


O'ng qanotdan burchak to'pi amalga oshirildi. To'xtaboev jarima maydoni ichida to'pga bosh bilan zarba berib, darvozani ishg'ol etdi.

78. GOOOOOOLLLL! Aziiiizz To'xtaboeeev!  

75. Mehmonlarning chap qanot yarim himoyachisi Jamshid Hasanov ancha faol harakat qilmoqda. 

74. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Vladimir Argun o'rniga Nosir Otaqo'ziev tushdi. 

72. Orif Mamajonov chap qanotda to'pni egallab olib, jarima maydoniga kirib bordi chap oyoqda darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Korneychuk o'z o'rnida. 

68. O'yinning qolgan daqiqalari yanada murosasiz kurashga boy bo'lsa ajab emas. 

66. Baklanov qaytargan to'pni Abibullaev darvozaga aniq yo'llab, hisobni tenglashtirdi.

66. GOOOOOLLLL! Dilyaver Abibullaeeev!  

63. Buxoroliklar endi bor etiborini hujumga qaratmoqda. CHunki ularga ham bugun g'alaba zarur. 

61. O'zgarish! "Qo'qon-1912". Nodirbek Qo'ziboev o'rniga Aziz To'xtaboev tushdi.

60. Sardor Eminovning yana chap qanotdan oshirgan to'pi bu safar gol bilan yakunlandi. Mamajonov havodan kelgan to'pga bosh bilan zarba berib, Korneychuk darvozasini ishg'ol etdi.

60. GOOOOOLLLL! Oriiiiiff Mamajonoooooovv!

59. CHap qanotdan mehmonlar jarima maydoni ichiga uzatilgan to'pni Argun darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Lekin to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.

55. O'zgarish! "Buxoro". Ahror Umarjonov o'rniga Dilyave Abibullaev tushdi.

55. Eminov va Nikolaev chap qanotda kombinaciya uyushtirdi. Jarima maydoni ichida to'p Alekseydan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.


53. Stadionda muxlislarning hayqirig'i. 


51. Maydon egalari qarshi hujum tashkil etdi. Usmonov katta tezlik bilan darvoza tomon ketayotganida Saidkomil Akbarov qarshilik ko'rsatib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

50. Jamshid Hasanov chap qanotdan oldiga yurish qildi va qarama-qarshi qanotda turgan Umarjonovni to'p bilan taminladi. Ahror darvoza tomon zarba berishda sust xarakat qildi va Kimsanov faollik ko'rsatib to'pni bosh bilan qaytarib yuborish orqali vaziyatni yumshatdi.


49. Sardor Eminov bugun ham chap qanotda ancha faol. Mezbonlarning hujumi asosan ushbu futbolchi orqali uyushtirilmoqda.

47. Usmonovning maydonga tushishini muxlislar olqishladi. Doniyorning ilk to'pga tashlanishi ham xavfli tus oldi. Korneychuk to'pni ushlab olishga erishdi.

46. Mezbonlar tarkibida o'zgarish kuzatildi. Furqat Hasanboev o'rniga Doniyor Usmonov tushdi.

46. "Buxoro" futbolchilari to'pni o'yinga kiritib ikkinchi bo'limni boshlab berdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda. Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi.


45. Birinchi bo'lim yakuniga etdi. Tanaffus!

45. Ogohlantirish! "Buxoro". Saidkomil Akbarov to'p uchun Quvondiq Ro'ziev  bilan kurashda to'pni ushlab oldi. 


43. Jamshid Hasanov o'ng qanotdan oldinga tashlandi va to'g'ri darvoza tomon zarba berdi. Baklanov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

40. Odatdagidek "Buxoro" sardori Nematov jarima zarbasini amalga oshirdi. To'p jonli devorda turgan Mamajonovga tegib qaytdi. 


39. Vitaliy Plamadela mezbonlar jarima maydoni yaqinida qo'pollik bilan to'xtatib qolindi. Jarima zarbasi.


38. ZARBAAA! Nematovning tahminan 20 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'pni Baklanov o'z o'rnida ushlab olishga erishdi.

36. Orif Mamajonov chap qanotdan mehmonlar jarima maydoni ichiga havolatib pas uzatdi. Xaushi to'pni qaytardi.

36. Endi hujum qilish navbati maydon egalariga kelgan ko'rinadi. 


35. Hasan Asqarovning jarima maydoni ichida turib bergan kuchli zarbasi ustun yonginasidan o'tib ketdi. Zarba xavfli ko'rinish oldi.


34. Mezbonlar jarima maydoni ichida xavfli vaziyayat. Kimsanov to'pni boshi bilan qaytargan xolda, xavfni bartaraf etib yubordi. 

33. Jamoliddin Ubaydullaev o'ng qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga etkazib berdi. Nikolaev esa to'pni qaytardi. 



31. Mamajonov markazdan to'pni o'ng qanotdagi sherigi Eminovga uzatgan xolda, qarshi hujumni tashkil etdi. Lekin Ponomaryov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

30. "Buxoro" futbolchilari burchak to'pini amalg oshirdi. Nematov to'pni Umarjonovga uzatdi. Ammo mezbonlar o'z jarima maydon ichida to'pni qaytarib, xavfni bartaraf etib yubordi.


28. Suhrob Nematov tahminan 25 metrlardan jarima zarbasini amal oshirdi. To'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.


26. Har ikki jamoa bosh murabbiylari: Rustam Abdullaev va Aleksandr Mochinov maydon chetida shogirdlariga ko'rsatma bergan xolda, uchrashuvni diqqat bilan kuzatib bormoqda.


23. Mezbonlarning ketma-ket uyushtirayotgan hujumdari xavfli tus olmoqda.

22. Burchakdan uzatilgan to'pni Ilin darvoza yo'llamoqchi bo'ldi. Biroq hakam o'yin qoidasi buzilgan deb topdi. 

21. Orif Mamajonov jarima zarbasini amalga oshirdi. To'pni Korneychuk qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

20. Furqat Hasanboevni raqib futbolchisi jarima maydoni tashqarisida yiqitdi. Jarima zarbasi.


17. Uchrashuvda ustunlik "Qo'qon-1912" futbolchilari tomonida. 


15. Zarbaaaa! Sardor Eminovning chap qanotdan darvoza tomon yo'llagan zarbasini mehmonlar posboni arang maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 


10. Nodirbek Qo'ziboev chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. To'p to'g'ri Korneychukning qo'liga borib tushdi.  

7. Stadion tribunasini to'ldi deya olmaymiz. Lekin ishqibozlar tashrifi davom etmoqda.


5. "Buxoro"ning xavfli hujumiiiii... Mezbonlar to'pni qaytarishga erishdi.



1. Mezbonlar to'pni o'yinga kiritgan xolda o'yinni boshlab berdi.

Uchrashuv boshlandi! Qani kettik!


2015 yil Keksalarni ezozlash yili munosabati bilan "Qo'qon-1912" FK Vyacheslav Pishuk, Xurshid Uzoqboev va Aleksandr Kritininga extirom ko'rsatdi.

Diqqat qiling! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Uchrashuv boshlanish arafasida.


Birozdan so'ng uchrashuv boshlanadi.

Har ikki jamoa o'yinchilari ham maydonga chiqib, chigalyozdi mashklarini bajarmoqda.

Futbolchilar va murabbiylar maydonning xolati bilan tanishmoqda.


 Ayni damda har ikki jamoa ham stadionga etib kelgan.

Bugun har ikki jamoaga ham g'alaba suv va havodek zarur. SHu bois maydonda haqiqiy kurash kechsa ajab emas. 


Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari. Qo'qondagi “Markaziy” stadiondan onlayn reportajimizni boshlaymiz.



- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика