"Qo'qon-1912"ga Milan qo'shildi

Narzulla Saydullayev
13 fev 2018, 08:13
Toshkent shahrida mavsumga tayyorlanayotgan "Qo'qon-1912" murabbiylari selekciya ishlarini to'xtatishgani yo'q.

Jamoa mashg'ulotlariga Serbiya davlatidan yana bir legioner futbolchi qo'shilgan.

22 yoshli hujumchi Milan Spremo Serbiya superligasi vakili Bachka Palanka jamoasidan kelgan. Hujumchi faoliyati davomida Serbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Yevropa chempionati saralash musobaqalarida ishtirok etgan. Milan Spremo Serbiyaning turli jamoalari tarkibda Yevropa ligasi musobaqalarida ham ishtirok etgan.

Hujumchi hozirda jamoa murabbiylari ko'rigida bo'lib turibdi. U "Qo'qon-1912"ning navbatdagi nazorat o'yinida maydonga tushishi kutilmoqda. Agar murabbiylarimiz maqul ko'rishsa Milan bilan shartnoma imzolanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz