"Qo'qon-1912"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Muhsin Muhammadiev Buxoro davlat universiteti rektoriga salom yo'lladi
30 okt 2019 22:46
Yangiliklar


"Qo'qon-1912"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Muhsin Muhammadiev Buxoro davlat universiteti rektoriga salom yo'lladi
Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Qo'qon-1912" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Muhsin Muhammadiev o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin haqida hech nima deya olmayman. Juda asabiy holatdamn, bizni o'z uyimizda "o'ldirishdi"! Bu holatni ko'rib chiqish kerak.
Buxoro davlat universiteti rektoriga "salom" yo'llayman. Ular uchun O'zbekiston chempionati, Buxoroning obro'sidan ko'ra universitet o'yinlari muhimroq ekan, ajoyib! Buni ko'rib chiqish kerak, bunday qilish mumkin emas. Klub bilan shartnomasi bor futbolchi qanday qilib universitet jamoasida ham o'ynashi mumkin? Mana sizga natija, unda universitet rektorining o'zi kelib murabbiylik qilsin mening o'rnimga.
Biz buni ko'rib chiqamiz va protest yozamiz. Bu sharmandalikdan boshqa narsa emas. Bo'ldi boshqa hech nimani izohlamayman", - deydi Muhsin Muhammadiev.
"Buxoro" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar