"Qo'qon-1912"da o'ynashni istaysizmi?
04 dek 2013 16:15
Yangiliklar

"Qo'qon-1912"da o'ynashni istaysizmi?
O'zbekistonda futbol birinchi bo'lib Qo'qonda tashkil topganini o'quvchilarimiz yaxshi bilishsa kerak.
Garchi shunday bo'lsada, bugungi kunda Qo'qondan oliy ligada jamoa yo'qligi kishini biroz taajjubga soladi. Lekin bu vaqtinchalik xolat ekanligini ishonch bilan aytsa bo'ladi. Boisi "Qo'qon-1912" yaqin yillar ichida yana kuchlilar safiga chiqadi. Bunday deyishimizning sababi esa klub tepasiga kelgan fidoiy rahbarlar avvalo infratuzilmani yaxshilab borishga erishmoqda. SHaxsan o'zim klub vice-prezidenti bilan bir necha bor muloqotda bo'lib, istiqbolli rejalar ustida ish olib borilayotganiga amin bo'ldim.
Jamoa elitaga shunchaki chiqib, uchrashuvlarni rasmiyatchilik uchun o'tkazmoqchi emas! "Qo'qon-1912" rahbariyatining aytishicha, avvalo poydevorni mustahkamlab, keyingina oliy ligaga chiqiladi. Bu uzog'i bilan bir yilni o'z ichiga oladigan ko'rinadi.
Jamoa mutasaddilari bolalar futboliga ham katta etibor qaratmoqda. SHuning uchun ular istedodli yoshlarni saralab olish va ularni keyinchalik maxsus reja asosida shug'ullantirib borishni o'ylab turibdi. SHu maqsad yo'lida "Qo'qon-1912" jamoasi 20 dekabardan to 25 dekabrga qadar 1995-96-97-98 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida Siz "Qo'qon-1912" jamoasida o'ynashni istaysizmi? shiori ostida futbol musobaqasini tashkil etmoqda. Bizga malum bo'lishicha, turnir Qo'qon shahridagi "Kimyogar" stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Aynan ushbu 5 kunlik turnir davomida masul murabbiylar o'z qarashlariga mos tushgan yigitlarni tanlab oladi. Bundan ko'rinib turibdiki, "Qo'qon-1912" avvalo o'z tarbiyalanuvchilariga etibor qaratishni o'z oldiga ustuvor vazifa qilib qo'ygan. Bilsangiz kerak, Qo'qondan o'z vaqtida taniqli nomlar va joiz bo'lsa yulduz futbolchilar etishib chiqqan. Uning davomli bo'lishi ko'pincha rahbariyatga bog'liq. Buni yaxshi tushunib turgan Qo'qon futboli mutasaddilari bolalar futboliga katta etibor qaratmoqda.
Demak, Siz "Qo'qon-1912"da o'ynashni istaysizmi? u xolda shoshiling.
Bu haqda keyinroq yana batafsil malumot beramiz.

Fikrlar