So’nggi yangiliklar

21:29Ёзда 250 кишини ишдан ҳайдаган МЮ яна 150-200 ходим ишсиз қолишини эълон қилди  3 21:21Туркча "Эл Классико". "Галатасарой" - "Фенербахче" ўйини учун таркиблар эълон қилинди  3 20:54Назорат учрашуви. "Локомотив" Грузия клубини таслим қилди, 15 ёшли боланинг голи ғалабага сабаб бўлди  3 20:12"Арсенал" "Реал" юлдузи учун 85 млн евро тўлашга тайёр  3 19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  5 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3 18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  2 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  2 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  38 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3 17:18"Барселона" ҳимоячисини МЮга сотишга тайёр  11 16:55Эрон – Ўзбекистон учрашувига ўмонлик ҳакамлар тайинланди  11 16:35Гвардиола Ҳоланднинг жароҳати ҳақида нималар деди?  8 16:12Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Доҳада "Aspire" академиясига қарши назорат баҳсларида қатнашади  2 15:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичига қачон қуръа ташланади?  0

"Qo'qon-1912": Yangi futbolchilar tanishtirildi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Yangi futbolchilar tanishtirildi

Teglar :  Qo'qon-1912
Kecha Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda “Qo'qon-1912” jamoasining yangi mavsum oldidan o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirish marosimi o'tkazildi.

Ushbu tadbirda jamoa rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va bir qator muxlislar ishtirok etishdi.

Marosim avvalida “Qo'qon-1912” jamoasi vice-prezidenti Baxtiyorjon Tolipov so'zga chiqib quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

– Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. Navbatdagi futbol mavsumi boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. 5 mart kuni aynan mana shu stadionda 1-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'tgan mavsum biz uchun qoniqarli yakun topdi, deyishim mumkin. Har holda, uzoq yillik tanaffusdan keyin Oliy ligaga qaytib, chempionatni 12-o'rinda tugatishga muvaffaq bo'ldik. Bu albatta debyut mavsum uchun yaxshi natija sanaladi.

Xabaringiz bor, bizning besh yillik dasturimiz bor. Bunga ko'ra, 2019 yilgi mavsumda “Qo'qon-1912” futbol klubi Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etishni maqsad qilgan. Buning uchun bugundan poydevorni mustahkam qurib borishimiz lozim. SHuning uchun o'tgan yili jamoamizga yoshlar bilan ishlashni yaxshi ko'radigan tajribali murabbiyi Murod Ismoilovni taklif etdik. SHuningdek, tarkibda ham bir qator o'zgarishlar yuz berdi. Jamoadan ketgan futbolchilar bilan bir qatorda yangi kelgan o'yinchilar ham bor. Selekciya jarayonida asosan yosh futbolchilarga etibor qaratildi.

Bugun yangi mavsum oldidan safimizga kelib qo'shilgan futbolchilarni keng ommaga tanishtirib o'tamiz.

O'tgan yilgi muxlislarimiz har doim bizni qo'llab-quvvatlab kelishdi. Buning uchun ularga minnadorchilik izhor etamiz. O'ylaymizki, bu yil ham ular bizni yolg'izlatib qo'yishmaydi.

SHundan keyin jamoamiz safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar: G'ayrat Hasanov, Otabek Zokirov, Doston Tursunov, Alisher Ziyavuddinov, Mirjalol Qurbonov, Abdullox Olimov, Navro'z Alimov, Sardor Qahhorov, Abdul Aziz Yusupov va Azizxon Ibragimovlar keng ommaga rasman tanishtirildi va ularga tantanali tarzda ismlari tushirilgan futbolkalar topshirildi.

Kim qaysi raqamda to'p suradi: Mirjalol Qurbonov – 4, Otabek Zokirov – 7, Navro'z Alimov – 11, Azizxon Ibragimov – 18, Sardor Qahorrov – 19, Doston Tursunov – 20, G'ayrat Hasanov – 21, Alisher Ziyavuddinov – 25, Abdullox Olimov – 28, Abdul Aziz Yusupov – 33.

Yangi futbolchilar tanishtirib bo'lingach, bu yilgi bahslarda ishtirok etishi mumkin bo'lgan, aniqrog'i, PFL tomonidan ro'yxatdan o'tgan barcha futbolchilar muxlislarga tantishtirib o'tildi.

SHuningdek, ushbu mavsumda jamoamiz murabbiylar shtabida ham katta o'zgarishlar sodir bo'ldi. O'tgan yili o'rinbosarlarimizni boshqargan Muhsin Nizomiddinov yordamchi murabbiy sifatida ish boshladi. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy lavozimini tajribali mutaxassis Sergey Kovshov egalladi. Yoshlar bilan ishlashda katta tajribaga ega bo'lgan mutaxassis Maqsud Umarov ham endilikda jamoamizda faoliyat olib boradi. O'rinbosarlar tarkibini esa Qo'qon futbolida o'ziga xos nom qoldirgan Muhiddin Abduvaliev boshqarib boradi. Unga yana bir sobiq futbolchi Rahmatullo Inog'omov yordam beradi. Ushbu murabbiylar ham muxlislarga tanishtirildi.

Tadbirning yana bir qismi muxlislar bilan savol-javob tarzida o'tdi. Unda stadionga tashrif buyurgan ko'p sonli ishqibozlar klub rahbariyatiga o'zini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etishdi.

Marosim so'nggida futbolchilar esdalik uchun suratga tushishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика