Murabbiylar shtabi bugungi kunga kelib, asosiy tarkib o'zagini deyarli aniqlab bo'ldi. Endilikda asosiy e'tibor o'yin uslubni shakllantirishga qaratiladi. Shuningdek tarkibni kuchaytirishi mumkin bo'lgan ayrim o'yinchilar bilan muzokaralar davom etmoqda. Aytish lozimki, bu safargi yig'in davomida ham poytaxtdagi muhtasham “O'zbekiston” mehmonxonasi jamoamizning vaqtinchalik qarorgohi vazifasini o'tab bermoqda.
Payshanba kuni jamoamiz o'zining navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazdi. “So'g'diyona”ga qarshi kechgan bahsda ko'rikda bo'lib turgan rossiyalik Vladimir Argun raqib darvozasini ishg'ol etib, “Qo'qon-1912”ga g'alaba keltirdi.
Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, o'tgan mavsum “Maxtaorol”da o'ynagan 28 yoshli darvozabon Ruslan Matniyozov endilikda jamoamiz a'zosi hisoblanadi.
Shuningdek himoyachi Ilya Ilin ham mavsumni “Qo'qon-1912” tarkibida boshlaydigan bo'ldi. Bungacha “Mashal”, “Qizilqum” va “Buxoro” kabi jamoalarda o'ynagan 30 yoshli futbolchi bilan ham shartnoma imzolandi.
Hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida ikki nafar futbolchi ko'rikka taklif etilgan. Bular asli o'zbekistonlik bo'lib, lekin oxirgi yillarda qo'shni Qozog'iston chempionatida faoliyat olib borayotgan Ernest Sedko va rossiyalik Vladimir Argun. Sedko haqida to'xtaladigan bo'lsak, 1987 yili tug'ilgan futbolchi mamlakatimizda bungacha “Quruvchi” (1-liga), “Kimyogar” va “Qizilqum” singari jamoalarda o'ynagan. 2013 yili “Maxtaorol”da xarakat qilgan futbolchi keyingi mavsumni birinchi liga a'zosi “Astana-1964”da o'tkazdi. Yodingizda bo'lsa Ernest mavsumlar oralig'ida ma'lum muddat “Andijon” yig'inida ham bo'lib qaytgandi.
Bu yil 24 yoshni qarshi oladigan Vladimir Argun ham hujum chizig'ida xarakat qiladi. Rossiyalik futbolchi bungacha Krasnodarning "Afips" klubida o'ynab kelayotgandi.
Hozircha bu futbolchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda. Agarda ularning xarakatlari murabbiylarga maqul kelsa, shartnoma imzolanadi.